Ayol.Uz

Thursday, 24chi Apr

Oxirgi yangilanish07:40:49 PM GMT

Yangiliklar:
Ochilgan bet Example Pages

Buni har kim bilishi kerak

Э-почта Print PDF

Image
www.partnershipsinhealth.ch Saytidan olingan rasm
Yoxud reproduktiv salomatlik, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va jinsiy tarbiya borasidagi targ’ibotlar xususida ayrim mulohazalar

Odamizotning boshqa mavjudotlardan farqi shundaki, u o’zining jinsiy, intim hayotini maxfiy tutadi, boshqalar ko’zidan yashiradi. Uning fe’lidagi uyat, sharm-hayo, or-nomus kabi hissiyotlar bunday munosabatlarni oshkor etishga yo’l qo’ymaydi.

 

Shuning uchun har bir odam hayotida, ayniqsa balog’at yoshiga etgan o’smirlar hayotida jinsiy hayot o’ta sirli, maftunkor, jozibali bo’lib, doimo o’ziga tortib, qiziqtirib keladi.   Jinsiy hayot oilaviy munosabatlarning poydevori hisoblanadi. Shuning uchun er yuzidagi har bir millat, har bir xalq o’ziga xos uslub bilan o’sib kelayotgan yosh avlodini jinsiy hayotga, oilaviy munosabatlarga tayyorlaydi. Jumladan o’zbeklarning ham qadim-qadimdan yoshlarni jinsiy hayotga, oila qurishga tayyorlaydigan o’z udumlari, an’analari bo’lgan va ular hozir ham mavjud. Bunday o’zbekona tarbiya uslubida inson uchun eng zarur omillarga, ya’ni odob-axloq normalariga, sharm-hayoga, or-nomusga putur etmagan.

Shuning uchun ham insonlarda axloqiy tozalik, jamiyatda ma’naviy poklik saqlangan.   Tajribalar ko’rsatadiki, bokira, jinsiy aloqaga kirishmagan, bu borada tajribaga, ma’lumotga ega bo’lmagan yoshlarda uyat, sharm-hayo tuyg’ulari kuchli shakllangan bo’ladi. Bu tuyg’ular yoshlarni odob-axloqli, go’zal xulqli bo’lishlarni ta’minlaydi va milliy qadriyatlar, an’analar ruhida tarbiyalashni osonlashtiradi. Jinsiy aloqaga erta, nikohsiz kirishgan, yoki uni sir-asrorilarini yaxshi bilgan o’smirlarda tajanglik, o’jarlik, buzuq, hayosiz hatti-harakatlar shakllanib, ularni go’zal xulq-atvorli qilib tarbiyalashni qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham biz o’zbeklarda jinsiy hayot sirlari haqidagi ma’lumotlar maxfiy saqlangan va ilk bora faqat turmush qurish, to’y oldidan qizga yangalari, yigitga kuyov jo’ralari tomonidan o’rgatilgan.   Ming-ming yillar davomida yashab oilalarni mustahkam, jinslar orasidagi munosabatlarni barqaror, jamiyatni ma’nan pokiza qilib asrlar osha bizgacha etib kelgan bunday an’ana ayni kunga kelib “yaroqsiz” bo’lib qoldi.

Hozirgi aksariyat qizlar yangalarining nisihatlariga, yigitlar esa kuyov jo’ralarning maslahatlariga muhtoj emaslar. Biz yashayotgan ijtimoiy muhit ularga juda yoshlikdanoq bu sirli olamning sir-asrorini mavh etib, ularning yuzlaridagi iffat pardalarini yirtib tashlayapti. Bu hol qizlarimiz yuzidagi jozibani, latofatni, maftunkorlikni, xulqidagi andishani, nazokatni, tavozeni, yigitlarimiz fe’li atvoridagi go’zallikni qadrlash, sevgi, ishq-muhabbat tuyg’ularini siyqalashtirib ularni bachkana, ma’nan sayyoz qilib qo’ymoqda.   Kundalik hayotimizda “gender”, “reproduktiv salomatlik”, “yoshlarni oilaga tayyorlash”, “jinsiy tarbiya” degan terminlar paydo bo’lib, bu borada ko’plab ilmiy va amaliy tadbirlar o’tkazilgan sari biz o’zbeklarning milliy xususiyatimizga, tarixiy madaniyatimizga, ma’naviyatimizga yot bo’lgan holat, ya’ni jinslar orasidagi munosabatlar uyg’unligiga putur etib, oilaviy munosabatlar zaiflashib, ko’plab oilalar kunpoyakun bo’lmoqda.

Ayniqsa xorijiy mamlakatlardan kontratseptiv mahsulotlar ishlab chiqarayotgan korxonalarning vakillari, ularning mollarini targ’ib etuvchi muassasalar xodimlari, turli-tuman insonparvarlik tashkilotlari o’zbekistonda aholining tug’ilish darajasi ko’pligini bahona qilib yurtimizga oqib kelmoqdalar. Ular aholi orasida, ayniqsa o’smir yoshlar orasida o’ziga xos uslub: turli-tuman dasturlar, seminarlar, o’quvlar, treninglar yo’li bilan jinsiy munosabat sirlarini o’rgatmoqdalar. Bu borada bir qancha uslubiy qo’llanmalar, ommabop broshyuralar yozilib yoshlar o’rtasida bepul tarqatilayapti. Yoshlarni jinsiy tarbiyalash, intim hayotga o’rgatish masalasi suv bilan havodek zarur bo’lib turgan paytda bu holning nimasi yomon, axir u koni foyda-ku?!, degan savol tug’ilishi tabiiy albatta.

 

Kamina ham bu ishlarning barchasidan ezgulik kutgandim.   Lekin respublikamizda olib borilayotgan bunday faoliyatlar bilan yaqinroq tanishib shu narsaning guvohi bo’ldimki, o’tkazilayotgan tadbirlarda, nashr qilinayotgan qo’llanmalarda xalqimizning o’ziga xos milliy xususiyati, mentaliteti, qadriyatlari, an’analari hisobga olinmagan. Shuning uchun ham bunday tadbirlardan ko’zlangan ijobiy natijalardan ko’ra salbiy oqibatlari o’zini ko’proq zohir qilmoqda.  

Misol tariqasida, reproduktiv salomatlik sohasida UNESCO, UNFPA va O’z.R.Sog’liqni saqlash vazirligining qo’shma loyihasi doirasida ishlab chiqilgan “tengdosh-tengdoshga” ta’limi bo’yicha treynerlar tayyorlash qo’llanmasi bilan tanishaylik. Ta’lim dasturi 5 kunga mo’ljallangan bo’lib unda ishtirok etuvchilar maktab yoshidagi o’smir qizlar va o’g’illardir. Mashg’ulotlarda qizlar va o’g’illar aralash holda guruhlarga bo’linib, davra qurib o’tirgan holda ishtirok etadilar. Turli o’yinlar, suhbatlar, savol-javoblar, ko’rgazmali materiallar bilan qiz va yigitlar jinsiy a’zolar, jinsiy holatlar, intim munosabatlar haqida ma’lumot oladilar.

 

Shulardan biri, masalan, uchinchi kungi mashg’ulot tafsiloti bilan tanishaylik:  

 

1. Prezirvativni ishlatilishi Prezirvativnidan to’g’ri faydalanishni namoyish qiling.

Trener prezirvativni yasama olatga kiydirish va olib tashlashni namoyish qiladi.

Kichik guruhlarga bo’linib yasama olat bilan mashq qiling.

Bir yoki birnecha qatnashchilardan shu mashqni namoyish qilishlarini so’rang. Guruhning qogan a’zolari ularni nazorat qilib turishadi.

Guruh mashqlar yuzasidan muhokama qiladi.

Trener unga yakun yasab, prezervativlardan to’g’ri faydalanish yo’llarini batafsil tushuntiradi.   1.Breynstorm: Nima uchun odamlar prezervativdan foydalanishni yoqtirmaydilar?

Javoblarni doskaga yozing.

 Va hokazo.   Endi shu mashg’ulotlarda birga-birga, aralash-quralash bo’lib o’tirgan o’zbekning ma’suma qizaloqlari-yu, navjuvon yigitchalarining holatini ko’z o’ngingizga keltiring-u xulosa chiqaring. Biz qosh qo’yamiz deb ko’z chiqarib qo’ymayapmizmi? Bokiralik ramzi bo’lgan ibo, uyat, sharm-hayo degan nafis xulq-atvorlarning kushandasiga aylanmayapmizmi? Bunday mashg’ulotlarni bizning milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizdan kelib chiqgan holda, ya’ni qizlar va o’g’illar alohida-alohida tarzda tashkil etilsa natijasi samaraliroq bo’lardi.  

Bugungi kunda bolalarga jinsiy tarbiya berish, intim hayotning sir-sinoatlarini o’rgatish suv bilan havodek zarur. Chunki, birinchidan, o’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy tuzimi, u tanlagan yo’l, ya’ni bozor munosabatlariga tayangan huquqiy, demokratik fuqarolik jamiyati qurish yo’li butun dunyo hamjamiyati bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar olib borish imkoniyatini ochdi. Bu holat ko’plab pornografik, shahvoniy axborotlarni yurtimizga kirib kelishiga sabab bo’lmoqda. Bular bolalarda juda erta shahvoniy tuyg’ularini uyg’otib, jinsiy hayotga qiziqishilarini oshirmoqda.   Shunday holatda biz bolalarimizga jinsiy masalalarni o’zimiz to’g’ri o’rgatmasak, ular o’zboshimchalik bilan turli hatti-harakatlar qilib, o’zlarini ham jismonan, ham ruhan majruh qilib qo’yishlari mumkin. Ikkinchidan, chegaralar ochilib, fuqarolarimizning chet ellarga chiqishlari va chet elliklarning yurtimizga ko’plab kirib kelishlari turli-tuman jinsiy kasalliklarni tarqalish imkoniyatini paydo qilmoqda. Bunday kasalliklarni yuqtirishdan muhofazalanish uchun jinsiy munosabatlar haqida ma’lumotga ega bo’lmoq kerak. Uchinchidan, er-xotin orasidagi jinsiy, intim munosabatlarning uyg’unligi oilaviy hayotning barqarorligini, ular orasidagi munosabatlar mustahkamligining asosiy mezoni ekanligini hozirgi zamon fanlari ilmiy tahlillar bilan isbotlab berdi. Shuning uchun oila qurishga kirishgan yoshlar jinsiy hayot haqida etarlicha ma’lumotga ega bo’lmoqliklari shart.  

Shuni ochiq aytish kerakki, biz o’zbeklarda farzandlarimizga beriladigan tarbiyaning eng zaif tomoni - jinsiy tarbiyadir. Bu borada biz mutlaqo tajribaga, bilimga ega emasmiz. Har birimiz o’z yoshligimizni, o’spirinlik, o’smirlik yillarimizni eslasak, jinsiy faoliyat bilan bog’liq masalalarda ko’plab qiyinchiliklarga, tahlikalarga, ruhiy iztiroblarga duch kelganligimizni ko’rishimiz mumkin. Ayniqsa hozirgi ulkan ijtimoiy-ruhiy o’zgarishlar davrida biz o’zbeklar jinsiy hayot borasidagi no’noqligimiz, bilimsizligimiz oqibatida ayanchli, ba’zan kulgili holga tushib qolmoqdamiz.   

Qanchadan-qancha ne-ne yaxshi niyatlar, ibratli tadbirlar bilan barpo etilayotgan oilalarning barbod bo’layotganligi ham, jinslar orasidagi munosabatlarga putur etib, er-xotin orasidagi nizo va janjallar kun sayin ortib boryotganligi ham, yoshlar juda erta, nikohsiz jinsiy aloqaga kirishib, jamiyatda axloqsizlik avj olayotganligi ham, ularning hatti-harakatlarida hayosizlik, andishasizlik, orsizlik tobora gurkirab borayotganligi ham biz katta avlodni hanuz hushyor torttirmayapti. Muammoning echimini jo’ngina, ya’ni qaynanaga, ota-onaga, yoshlarning sabrsizligi, engil-elpiligiga bog’lab tushuntirishga urinmoqdamiz. Biz ota-onalar hali ham farzandlarimizni jinsiy tomondan tarbiyalashni o’zimizga ep ko’rmay, eski, qadimiy an’analarimiz qobig’iga o’ralib yuribmiz. Bunday an’analarning umri tugab bo’lganligini hali ham his eta olmayapmiz.

 

Vaholanki, bunday illatlarning eng asosiy sababilaridan biri - jinsiy tarbiyaning yo’qligidir.   Jinsiy tarbiyaning zaifligi ayniqsa millatimizning barkamolligi uchun mas’ul bo’lgan qizlarimizni baxtsiz qilib, ularni qattiq, ayanchli ruhiy iztiroblar, ma’naviy qiyinchiliklar girdobiga otmoqda. Yashirishning hojati yo’q, ayni kunlarda aksariyat yigitlar nikohga jinsiy munosabatlar borasida etarli tajribaga ega bo’lib kirishmoqdalar. Nikohga kirayotgan qizlarda esa bu borada tajriba ham, etarli bilim ham yo’q. Chunki, bizning an’anaviy muhitimiz yigitlar ga nisabatan qizlarni nikohsiz jinsiy aloqaga kirishini qattiq qoralaydi. Bunday holat oila qurgan yigit va qizning jinsiy munosabatlarida ilk kundanoq nomutanosiblik paydo qilib, bir-birlaridan jinsiy qoniqmaslik hissini keltirib chiqaradi. Jinsiy qoniqmaslik esa er-xotin orasidagi nizolarning eng asosiy manbaidir.

Buning oqibati er-xotinni “mijozimiz to’g’ri kelmadi”, degan iboradan iborat arizasini ko’tarib sudgacha borishga majbur qilmoqda.   Xo’sh, jinsiy tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish uchun biz kattalar nimalar qilishimiz, qanday yo’l tutmog’imiz darkor? Ishonchim komilki, biz o’zbeklarda biror bir ona qiziga , yoki ota o’g’liga jinsiy hayotning barcha ikr-chikrlarini gapirib berolmaydi. Andisha, uyat, ota-ona va bola orasidagi nozik pardalar bunga yo’l qo’ymaydi. Har bir ota-ona tarbiyaning samaradorligini oshirish uchun ham bu pardalarni ko’tarilmasligini xohlaydi. Lekin ular o’z bolalariga jinsiy munosabatlarning ayrim bir jihatlarini chiroyli qilib, bolaning shahvoniy tuyg’ularini qo’zg’atmay tushuntirib berishlari mumkin.   Tushuntirib bera olmagan tomonlarini esa ishonchli, yaqin qarindosh yoki tanish-bilishlardan iltimos qilish kerak.

Agar jamiyatimizda jinsiy tarbiya borasida turli muassasalar tashkil etilsa, yoki hech bo’lmaganda zags idoralari qoshida maslahatxonalar, o’quv markazlari ochilsa, ota-onalarning mushkuli biroz engillashgan bo’lardi. Maktablarda, o’quv muassasalarida bolalarni jinsiy tarbiyalash, yoshlarni oilaga tayyorlash ishlarini izchil yo’lga qo’yish darkor. Chet el tashkilotlarining ham bu boradagi faoliyatlarini kengaytirish, qo’llab quvvatlash lozim. Lekin, bu borada juda zarur bo’lgan bir narsani, ya’ni bizning milliy xususiyatlarimiz, an’analarimiz hisobga olishnishini, ular hurmat qilinishini, unga putur etkazmasliklarini qattiq talab qilishimiz lozim.   Bunday mashg’ulotlarga qizlar va yigitlar alohida-alohida bo’lib qatnashishlari, imkoni bo’lsa yakka, individual tartibda ish olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday uslubning yoshlarda shahvoniy tuyg’ularini qo’zg’atmaslik, ularning odob-axloqlariga, xulq-atvorlariga sal biy ta’sir etmaslik borasida samaradorligi baland bo’ladi. O’qitish, o’rgatish uslublari bilan ayniqsa ota-onalar qiziqishlari va uni qattiq nazorat qilishlari kerak.  

Xulosa qilib aytganda, bizning jinsiy tarbiya, reproduktiv salomatlik va yoshlarni oilaga tayyorlash borasida amalga oshirish lozim bo’lgan ishlarimiz juda ko’p va murrakkabdir. Bu borada loqaydlikka yo’l qo’ysak uning oqibati tuzatib bo’lmas darajadagi fojealarga sabab bo’lishi mumkin. Eng yomoni yosh avlodning ta’na-malomatiga qolib, ularning la’natiga uchrashdir. Bundan bizni ollohning o’zi asrasin!   Hafiza Nasrulloh

Fikrlar (22)Add Comment
0
...
Muallif: Aziz, May 05, 2007
Assalomu Alaykum fikirlaringizni o'qib o' hulosamni aytadigan bo'lsam juda yaxshi lekin yoshlarga umum ta"lim maktablari uchun qo'lanmallar joriy qiliselar yahshi bo'lardi faqat ochiq fikr bildirib yani yoshlarga jinsiy hayotga erta qadam qoyishni ayanchli fojealari haqida rahmat.
0
...
Muallif: Aziz, May 05, 2007
Assalomu Alaykum fikirlaringizni o'qib o' hulosamni aytadigan bo'lsam juda yaxshi lekin yoshlarga umum ta"lim maktablari uchun qo'lanmallar joriy qiliselar yahshi bo'lardi faqat ochiq fikr bildirib yani yoshlarga jinsiy hayotga erta qadam qoyishni ayanchli fojealari haqida rahmat.
0
...
Muallif: Monic, May 11, 2007
Assalomu Alaykum
Yuqoridagi maqola asli 2002 yilda yozilgan bo’lib, unda 2002-2003 yillarda tugatilgan Proekt uchun juda kichik nashrda chiqarilgan qo’llanmadan mashq misol qilib keltirilgan.

Ushbu qo’lanma, avvalo, faqat trenerlar uchun chiqarilgan.

Yuqorida misol qilib keltirilgan mashg’ulotlarning o’tkazilishi esa faqat quyidagi sharoit hamda trener qaroriga bog’liq:
- Qizlar va o’gil bolalarni alohida o’tqizish mumkin bo’lgan sharoitda!
- Agarda bunday sharoit bo’lmasa va aynan to’siqli himoya vositasi haqida gapirilishi kerak bo’lsa trener mashg’ulotdan so’ng ( bir kuni faqat o’g’il bolalar, boshqa kuni faqat qiz bolalarni) qisqa holda tushuntirish beradi.
- Undan tashqari
- To’siqli himoya vositasini to’g’ri saqlash , va ishlatish bo’yicha tayyorlangan mahsus tarqatma materiallar beriladi. Uni ishtirokchi istagan paytida o’qib chiqishi mumkin.

Hozirgi kunga kelib, bunday ishlash uslubi borgan sari keng tarqalayotganligining sababi, barcha dastur va qo’llanmalar o’zbek urf- odatlari, va milliy qadriyatlar, hamda an’analarga qat’iyyan rioya qilinib nashr etilayotganidadir.

Hurmat bilan,

UNESCO - “OITS siz kelajak sari” Proekti Master-treneri,
RSUA(Reproduktiv Salomatlik Uzbekiston Assotsiatsiyasi) Tengdosh-tengdoshga ishlash uslubi bo'yicha Proekt Koordinatori, Master-trener
Malika Ibrohimova
0
...
Muallif: Monic, May 11, 2007
Assalomu Alaykum
Yuqoridagi maqola asli 2002 yilda yozilgan bo’lib, unda 2002-2003 yillarda tugatilgan Proekt uchun juda kichik nashrda chiqarilgan qo’llanmadan mashq misol qilib keltirilgan.

Ushbu qo’lanma, avvalo, faqat trenerlar uchun chiqarilgan.

Yuqorida misol qilib keltirilgan mashg’ulotlarning o’tkazilishi esa faqat quyidagi sharoit hamda trener qaroriga bog’liq:
- Qizlar va o’gil bolalarni alohida o’tqizish mumkin bo’lgan sharoitda!
- Agarda bunday sharoit bo’lmasa va aynan to’siqli himoya vositasi haqida gapirilishi kerak bo’lsa trener mashg’ulotdan so’ng ( bir kuni faqat o’g’il bolalar, boshqa kuni faqat qiz bolalarni) qisqa holda tushuntirish beradi.
- Undan tashqari
- To’siqli himoya vositasini to’g’ri saqlash , va ishlatish bo’yicha tayyorlangan mahsus tarqatma materiallar beriladi. Uni ishtirokchi istagan paytida o’qib chiqishi mumkin.

Hozirgi kunga kelib, bunday ishlash uslubi borgan sari keng tarqalayotganligining sababi, barcha dastur va qo’llanmalar o’zbek urf- odatlari, va milliy qadriyatlar, hamda an’analarga qat’iyyan rioya qilinib nashr etilayotganidadir.

Hurmat bilan,

UNESCO - “OITS siz kelajak sari” Proekti Master-treneri,
RSUA(Reproduktiv Salomatlik Uzbekiston Assotsiatsiyasi) Tengdosh-tengdoshga ishlash uslubi bo'yicha Proekt Koordinatori, Master-trener
Malika Ibrohimova
0
...
Muallif: nilufar, Iyun 08, 2007
Men yoshlar o'zlari qanday yashashni istasa shunday yashashi kerak deb o'ylayman.Chunki ,agar hayotida xatolar bo'lsa o'zgani emas o'zini ayblaydi.Bu hayot har kimni o'ziga tegishli va bunday qilib hechkimni boshqalarni hayotiga aralashishga haqqi yo'q!
0
...
Muallif: nilufar, Iyun 08, 2007
Men yoshlar o'zlari qanday yashashni istasa shunday yashashi kerak deb o'ylayman.Chunki ,agar hayotida xatolar bo'lsa o'zgani emas o'zini ayblaydi.Bu hayot har kimni o'ziga tegishli va bunday qilib hechkimni boshqalarni hayotiga aralashishga haqqi yo'q!
0
Nilufarhon singlimizga
Muallif: anonym, Sentyabr 30, 2007
Nilufarxon singlim, sal mulohazali bo'ling! "Yoshlar qanday yashashni hohlashsa..." nima degni bu??? Bu degani milliy urf-odatlarimizga oyoq qo'yish, boshqacha qilib aytganda ota-bobolarimzning ko'zlariga tik qarash deganimi? Ayniqsa, bilim saviyasi pasayib ketayotgan bugungiz kun yoshlarining o'zlari hohlayotgan" narsalarini tasavvur qilayapman... Shaxsan men, "O'tgan kunlar" ni o'qimagan ozbek qizini o'zbek qizi hisoblamayman...Agar shu asarni o'qiganingizda Sizdn bunday fikrlar chiqishi u yoqda tursin, bu haqda o'ylamagan ham bo'lardingiz...
Maqolaga kelsak, juda dolzarb va kerakli mavuda yozilgan... Shunday maqolalar hozida matbuotda etishmaydi...Yoshlar o'rtasida aynan shu ruxda targ'ibot o'tkazilishi juda muhim va kerakli deb o'ylayman
0
Nilufarhon singlimizga
Muallif: anonym, Sentyabr 30, 2007
Nilufarxon singlim, sal mulohazali bo'ling! "Yoshlar qanday yashashni hohlashsa..." nima degni bu??? Bu degani milliy urf-odatlarimizga oyoq qo'yish, boshqacha qilib aytganda ota-bobolarimzning ko'zlariga tik qarash deganimi? Ayniqsa, bilim saviyasi pasayib ketayotgan bugungiz kun yoshlarining o'zlari hohlayotgan" narsalarini tasavvur qilayapman... Shaxsan men, "O'tgan kunlar" ni o'qimagan ozbek qizini o'zbek qizi hisoblamayman...Agar shu asarni o'qiganingizda Sizdn bunday fikrlar chiqishi u yoqda tursin, bu haqda o'ylamagan ham bo'lardingiz...
Maqolaga kelsak, juda dolzarb va kerakli mavuda yozilgan... Shunday maqolalar hozida matbuotda etishmaydi...Yoshlar o'rtasida aynan shu ruxda targ'ibot o'tkazilishi juda muhim va kerakli deb o'ylayman
0
salom
Muallif: oybek, Iyul 02, 2009
men yosh qizlar bilan jinsiy aloqa qilmoqchidim shunga nima deysiz
0
Oybek va shunga o'xshash bolalarga
Muallif: Oydinoy, Iyul 03, 2009
Salom Oybek manimcha bu eng ahmoqona ish.Chunki nikohsiz qilingan bunday ishlani man va shari'at ham va hottoki davlat ham qo'llamidi.Siz faqat bu dunyoni emas Ohiratni ham o'ylang chunki bu hayotda nimaiki qilgan bo'lsek keyin Alloh oldida javob berishimiz bor buni mandan va boshqalardan ham yaxshiro bilsez kerak.Sizga maslahatim bunday ishlardan o'zizi va nafsizi tiyishni maslahat beraman.O'ziz o'ylang agar Hudo asrasinu singlizga shunday ishni boshqa birov taklif etsa nima qilas.Biror nima qilishdan oldin yaxshilib o'ylang "biror kun shu ishla mani singlimga yoki qizimda ro'y bermasmikin"deb.
0
jinsiy aloqa haqida
Muallif: shahbozbek, Yanvar 17, 2011
nimaga shularni uyatme nemey yozasilar bilmiman nimaga uyat yo'q sizlarda
0
balkim!!!!!!!!
Muallif: Ulug'bek, Mart 11, 2011
Assalomu alaykum. Mening fikrim quyidagicha gaplaringiz to'g'ri lekin har bir kishi bu haqida aniq ma'lumotga ega bo'lishlari kerak, chunki har bir balog'atga etgan inson bu narsani o'[rtoqlaridan yoki yangalardan emas balki o'zi shu haqida tushuncha ega bo'lishlari kerak deb hisoblayman. Ko'pchilik hollarda er va xotinlarning turmushlari buzulishlariga eng katta sabablardan biri bu jinsiy qoniqmaslik hisoblanadi e'tiboringiz uchun raxmat
0
qız bolalık
Muallif: sabina, Iyun 16, 2011
asalomalekum etkan gaplariz manı judayam etkıladı qız bolalıkta ayolıkka otısh davrida manga azgına malumot berrolısmı jınsıy aloqalarr xaqıda
0
ilib olamiz
Muallif: JAVLON, Dekabr 07, 2011
mani fikrim "eshityammiz jinsiy aloqa..va ularning kechish jarayonlari haqida hayotning uzi or'gatib boradi..masalan qaizlar haqida aytadigan busey...ular hohlashadimi hohlashmaydimi kimdandir eshitib qolishadi ili fikr almashishadila..prizivativdan foydalanish faqat erkala bilsa buldi ..hamma joydayam yozilmasligi kere ...qancha ko'p ochiqchasi muomila yoki shunga uxshashlar uchriydi doimo yomon tomonga burilamiz halos.....bir narsa BIROR QIZ YOKI BOLA NATORI YO'LDAN BIRORR MARTA YURDIMI LEKIGIN SHARMANDA BULISHMADIMI QACHONDIR ALBATTA SHARMANDA BULISHLARI ANIQ ULARNING FARZANDLARIDANMI YOKI KELAJAGIDAMI ISHININ ALBATTA ..SHUNING UCHUN MAN YOZGAN BU MAQOLANI KIM O'QISA BILIB OLSIN....man bir misol keltiraman o'zim guvihman....og'aynim (rosa to'ygacha UYLANGAN bola edi) bir chiroyli qizga realni uylandi... bir kun kuyovvi o'rtolari uni ko'rgani kelishdila bir o'rtog'im kelinni ko'rib shok bup qoldi qarasa usha bokiralikdan judo qilgan qiz ! uniyam kelin tanidi ...kelinni dugonasini aynan kuyov bokiralidan juda qilgan ekan ..." haligi og'aynim kuyovga aytdi "" SAN SHU XOTININI DUGONASINI RASVO QIGANDIN ENDI SANIYAM HUDO RASVO QILDI QILGANIN O'ZINGA QAYTIB KELDI DEB AYTDI ... endi nima buladi....endi kech hulosa qilishga...

keling mani oxirgi gapim" uchrashin qizla faqat u iflosla qo'lini tegishiga imkon bermen ...kegin u iflosli qimedi...shuni biliyla sila bilan yurayotgan bolla o'ziga keregini olib bulib siladab ayb topib ketvorishadi...erkey kishiga unchali uyat bilinmedi...lekigin yurib tashlab ketilgan qizzi baxti so'nadi chunki biror kishi bilan yurgan qizzi olishmedi HECHQACHON. agar olishsayam kegin bilib qolishsa albatta ajrashishadi...undan ko'ra shirin chiroyli o'tirib sabr qilila alloh ko'rib turibdi albatta sila uylagandanam shirin baxt beriladi ...sog' bulila doimo...vatanimizzi obrosi sila ..sharm hayo buyicha biz silaga ishonamiz
0
Jinsiy aloqa haqida
Muallif: Elyor, May 03, 2012
uzbsex.fo.ru da jinsiy aloqa haqida qiziqarli fir va mulohazalar bor.
0
qizlaga gapim
Muallif: axadbek, Iyun 29, 2012
1 o'rinda qizlar yigitngizni sinab ko'ring sizni sevsa chindan sevsa xamma sinovdan o'tadi. 2-dan biz yigitlar xammamizxam vafosiz emasmiz. masalan men ISIMLI BIR QIZNI SEVAMAN UXAM SEVADI, BIR BIRIMIZNI SINAGANMIZ VA XAMMA SINOVDAN O'TDIK. XOZIR UNASHTIRILGANMIZ MAN U QIZNI SEVGANIMDAN JUDAYAM XURSANDMAN. XUDO XOXLASA BIRGA BAXTLI XAYOT KECHIRAMIZ. MENI KUTMOQDA XOZIR MEN RASSIYADAMAN MEN U QIZNI BAXTLI QILISHGA XARAKAT QILAMAN. BARCHAGA OMAD
0
...
Muallif: axadbek, Iyun 29, 2012
sevgidan kechmang xech qachon
0
jinsiy aloqa
Muallif: Navro'z, Yanvar 16, 2013
Har bir inson taqdirida borini ko'radi.bu yuqorida aytilgan gaplarni tushungan tushinib oladi shundaymasmi.har kim o'zi uchun yashaydi.hamma narsani vaqtida bo'lgani yaxshi.
0
Jinsiy aloqa
Muallif: Navro'z.Xorazm qiroli, Yanvar 16, 2013
JInsiy aloqaga har xil qaraydi.kimdir shu ishni qilgisi keladi kimdir xush ko'rmaydi.turmish o'rtog'ing bilan har xolda bo'gani yaxshi.hozirgi zamonga taqoslasak zamon o'zgarib boryapti.jinsiy aloqalar kundan kunga ko'payib ketyapti.bunga yigitni aybdor qilasizma qizlarnima hech kim bilmaydi bu faqat xudoga ayon.do'stlar yaxshisi har kimni o'ziga qo'yib bering nargi dunyoda xudodan qo'rqmasa bilganini qilsin har kim o'zi uchun yashaydi buhayotda.Man xorazm yigitiman Ismim Navro'z Sobirov 93yilman.man o'zimni fikrimni aytdim.joningiz sog' bo'sin
0
Nega ?
Muallif: Og'abek, Mart 13, 2013
Man kim bilan bo'lsaxam jinsiy aloqaga kirsam sperma tez keladi uzog'i 20 sekunt. Nega unaqa ? Shunga batafsil malumot berishingizni iltimos qilaman. Raxmat
0
b6lishi mumkinmi
Muallif: oybek, Yanvar 07, 2014
qizlarda turmushga chiqiwidan oldin hech qanday jinsiy aloqasiz ,6zi ham hechnima qillmasa ham tewilib qolish hollari ham kuzatiladimi iltimos malumot bervorilar

Fikr bildirish
kichikroq | kattaroq

security code
Yuqoridagi harflarni kiriting


busy