Ayol.Uz

Friday, 18chi Apr

Oxirgi yangilanish07:40:49 PM GMT

Yangiliklar:
Ochilgan bet Home

Ultratovush tekshiruvi (UZI) nima?

Э-почта Print PDF
ImageUltratovush tekshiruvi jarayonida yuqori chastotali tovush to’lqinlari bachadonga yuboriladi. Boladan qaytgan tovushlar va aks sado kompyuter tomonidan tarjima qilinib ekranda bolaning joylashishi va harakatlari namoyon bo’ladi. Suyak kabi qattiq jismlar ko’proq to’lqin qaytargani sababli oq rangda ko’rinadi, yumshoqroq jismlar esa kulrang va ola tusda bo’ladi. Bolani o’rab turgan suvlar kabi suyuqliklar aks sado qaytarmaydi va qora rangda ko’rinadi. Mana shu uch rang orasidagi kontrast orqali shifokor-mutaxassis ko’rinishlarni taxlil qiladi. Ko’pgina ota-onalar ultratovush tekshiruvini intiqlik bilan kutadilar, chunki bu ularga bo’lajak farzandlari bilan ilk tanishuv imkonini beradi. Ba’zi joylarda mutaxassis bolangizning ko’rinishini qog’ozga tushirib berishi ham mumkin. Lekin shuni unutmaslik kerakki, Ultratovush tekshiruvidan maqsad farzandingiz fotoalbomiga ilk suratni qo’lga kiritish yoki uning jinsini bilish emas. Maqsad - farzandingizning yaxshi o’sib ko’ngildagidek rivojlanayotganini tekshirish.


Tekshiruvni kim olib boradi?

Ayollar uchun mo’ljallangan, tug’ruqxonalar qoshidagi poliklinikalarda ultratovush tekshiruvini maxsus ginekolog mutaxassis olib boradi.


Ultratovush tekshiruvi nima uchun kerak?

Homiladorlikning qaysi bosqichida qilinganiga qarab ultratovush tekshiruvi oquyidagi ma’lumotlarni beradi:
· Farzandingizning yurak urishini tekshiradi
· Bir yoki bir necha homilangiz borligini aniqlaydi
· Homilaning noto’g’ri joylashishi haqida ma’lumot beradi, homila bachadonda emas, bachadon trubasida joylashgan bo’lsa.
· Ayoldan qon ketishi sababini aniqlaydi
· Farzandingizning o’lchamlariga asoslanib homilangizning muddatini aniqlashtiradi
· 11-14 haftada bolaning bo’yni orqasidagi suyuqlikni o’lchash orqali Daun sindromi xavfini aniqlashtiradi
· Qon tekshiruvining yaxshi chiqmagani sababini aniqlashtiradi
· Yo’ldosh yoki bolani o’rab turgan suvlardan analiz olish kabi tashxis jarayonlarini osonlashtiradi.
· Bolaning barcha tana a’zolarining normada rivojlanishini ko’rsatadi
· Umurtqa qoplamasining difektlari kabi turli nosozliklarni aniqlaydi
· Suv miqdori va yo’ldosh joylashishini tekshiradi
· Bir necha tekshiruvlar natijasida bolaning o’sish jadalligini ko’rsatadi.

Tekshiruv bola jinsini aniqlashtiradimi?

18 haftaga yaqin qilinganda bolaning jinsini aytish mumkin, lekin bola noqulay holatda yotgan bo’lsa jinsini aniqlash mushkul. Ba’zi muassasalarda bola jinsini aytish man qilingan, chunki bu odatda 100 foiz to’g’ri ma’lumot bermaydi.


Tekshiruv qanday amalga oshiriladi?

Tekshiruv erta muddatda o’tkazilayotgan bo’lsa ayol oldindan ko’proq suyuqlik ichgan bo’lishi kerak. Qovuq bachadonni itarib tursa tasvir aniq va ravshan chiqadi. Mutaxassis tekshirilayotgan a’zoga biroz sovuq gel surtib kichik datchikni terining ustidan harakatlantirishi natijasida bolaning tasvirlari namoyon bo’ladi.

Agar bola juda chuqur joylashgan bo’lsa yoki ayol o’ta semiz bo’lgan taqdirda tasvirlar aniq bo’lmaydi. Bu holda vaginal tekshiruv kerak bo’ladi. Vaginal datchik uzun va ingichka ko’rinishda bo’ladi. Usti prezervativ kabi qoplama bilan yopilib, kirishini osonlashtiradigan surtma surtiladi. Datchikning biroz ichkariga kirishi yetarli bo’lib bu usul na ayol, na bolaga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Vaginal tekshiruvda bola tasviri oddiy tekshiruvdagidan ancha tiniq va ravshan bo’ladi. Bu usul ayniqsa ilk muddatda qo’l keladi.

Ultratovush tekshiruvi og’riqlimi?

Qorin usti tekshiruvi og’riqsiz bo’lib, ayol to’lgan qovug’i ustidan datchikning bosilishi sababli biroz noqulaylik sezishi mumkin.homiladorlikning keyingi bosqichlarida qovuqning to’la bo’lishi shart bo’lmasada, ba’zi muassasalarda bu hanuzgacha talab qilinadi.

Vaginal tekshiruvining bir yutug’i shundaki, unda qovuq bo’sh bo’lishi kerak, shuning uchun ba’zi ayollar bu usulni qulayroq deb biladilar. Asosiysi shuni esda saqlash kerakki, mutaxassis bunday tekshiruvni har kuni amalga oshiradi. Ayolning usti yopilgan bo’ladi, undan faqat muskullarni yumshatish talab qilinadi.


Tekshiruvlar odatda qachon amalga oshiriladi?

Ko’pgina muassasalarda bolaning rivojlanishi yaxshi ketayotganiga amin bo’lish uchun tekshiruvni ikkinchi trimester, ya’ni 20 haftalarda o’tkazishni tavsiya qilinadi.

Hozirgi kunda har bir homilador ayolga birinchi trimester, ya’ni homiladorlikning 10-13 haftasida homiladorlik muddatini tasdiqlash maqsadida tekshiruvdan o’tish tavsiya qilinmoqda. Daun sindromi tekshiruvi amalga oshirish uchun ham ilk trimester tekshiruvi muhim.

Ayol ilk muddatda kuchli og’riq sezsa yoki unda qon ketishi kuzatilsa tekshiruvni yana ham ertaroq, olti-yeti haftalarda amalga oshirish mumkin.

Uchinchi trimesterda (28-40 hafta) bolaning o’sishini tekshirish bir necha holda tavsiya qilinadi: oldingi bola kichik tug’ilgan bo’lsa, ayol egizak kutayotgan bo’lsa, ayolda qandli diabet kabi homiladorlikka ta’sir qiluvchi omillar bor bo’lsa va hokazo.


Ultratovush tekshiruvi majburiymi?



O’zbekistonda ko’pchilik ayollar homiladorlik davomida kamida bir marta ultratovush tekshiruvidan o’tsalarda, bu majburiy emas. Tekshiruvlar homila haqida foydali va ishonchli ma’lumotlar bera oladi va ko’pgina ayollar tekshiruvni qiziqarli va umidli deb biladilar. Shunday bo’lsada tekshiruv hamma nosozliklarni namoyon qilmaydi, ba’zida esa tekshiruv natijalari noaniqlik va havotirni yuzaga keltirishi mumkin.

Sizga ultratovush tekshiruvi tavsiya qilingan bo’lsayu, siz istamasangiz, ginekologingizdan tekshiruv o’tkazishdan maqsad nimaligini so’rang. Qildirish yoki qildirmaslik haqidagi oxirgi hulosa faqat va faqat sizda tegishlidir.

Tekshiruv havotirli natijalar ko’rsatsa.

Havotirli natijalar ayolni qattiq tashvishga qo’yishi tabiiy. Ba’zida ultratovush tekshiruvining o’zi umurtqa nosozliklari kabi hastaliklarga tashxis qo’yadi. Boshqa hollarda tekshiruv “markerlar” deb nomlanuvchi kichik o’zgarishlarnigina namoyon qiladi. Bu o’zgarishlar Daun sindromi kabi kattaroq muammolardan habar berishi mumkin.

Mutaxassis biror bir nosozlikni topgan taqdirda ayolni 24 soat davomida shifokorga yoki kerak bo’lganda 72 soat ichida embrionlar bo’yicha mutaxassisga yo’llashi kerak. Bu bolaning hromosomalarini tekshiruvchi analizlar olish va shunga o’xshash sinovlar o’tkazishga zamin yaratadi.

Kamdan kam hollarda bola salomatligida jiddiy moammo ko’rilsa, ayol homiladorlikni tugatish, ko’proq parvarishga mushtoq bo’lgan bolani tug’ish yoki ba’zan hali tug’ilmagan chaqaloqda hirurgik operasiyani amalga oshirishga rozilik berish kabilarni tanlashi, buning uchun unga ma’naviy ko’mak va vaqt kerak bo’ladi.


Ultratovush tekshiruvi zararsizmi?

Ultratovush tekshiruvi homiladorlik uchun 30 yil davomida qo’llanilib kelmoqda. Shu payt mobaynida hali uning noxush tomonlari ko’rilmagan. Ultratovush tekshiruvi bilan bolaning tug’ilgandagi vazni, bolalardagi leykemiya, saraton kasalligi, ko’z , quloq kasalliklari yoki nutq nosozliklarining aloqadorligi ko’rsatilmagan. Shunday bo’lsada, ko’pgina ekspertlar tekshiruv aniq tibbiy ko’rsatma bilangina, tashxis qo’yish maqasadida va iloji boricha oz amalga oshirilishi kerakligini ta’kidlaydilar.



Fikrlar (14)Add Comment
0
Yaxshi ma'lumot
Muallif: Nargiza, Dekabr 08, 2007
Assalamu alaikum sayt ijodkorlari!

Judayam xursandman shunaqa sayt faoliyat kursatayotganidan. Ma'lumotlar juda ham aniq va hamma kerakli informatsiya berilgan UZI haqida. Men ham kup uqiganman va eshitganman mutaxassislarning fikrini. Normativ buyicha Rossiyada 3 yoki 4 marta UZI qilishga ruxsat etilarkan. Lekin shunday ma'lumot ham borki ultratovush tulqinlar inson organizmidagi tuqimalarni uzgarishiga sabab buladi. Shuning uchun kup marotaba UZI qilishdan imkon qadar saqlangan yaxshi.
0
Осторожно,мусл имы!
Muallif: Аниса, Avgust 27, 2008
Ультразвукова
 диагностика плода, которую часто проходят беременные, может быть небезопасна для будущего ребёнка. Об этом заставляет задуматься исследование, проведённое учёными из Йельского университета. Они обнаружили, что после воздействия ультразвуком нарушается формирование высшего отдела головного мозга — его коры.

http://islambio.com/?p=313

Британский эпидемиолог Элис Стюарт, возглавляющая «Оксфордский обзор детской онкологии», в 1983 году сообщила о подозрительны
х тенденциях: дети, подвергшиеся в утробе ультразвуково
¼Ñƒ исследованию, заболевали лейкемией и другими видами рака чаще, чем те, кто его избежал.

Что делать, если, несмотря на возникающие вопросы по поводу риска лейкемии, подавления иммунного отклика, врожденных дефектов плода и иных возможных последствий ультразвука, врач будет настаивать на исследовании с его применением?

http://islambio.com/?p=307
0
homila jinsini qanday aniqlash mumkin
Muallif: zilola, Yanvar 24, 2009
man bu erga kelayotgan maktub mulohazalarni doim o`qib boraman .manga juda ma`qul man sizlardan birnarsani suramoqchiman ?homilam 4 haftalik uzim homila haqida hech narsa bilmayman .hozir uzimni yomon his qiladigan bo`lib qoldim ,gohida turmush urtog`im bilan jan-jallashgim keladi .undan ketib qolgim keladi .bular hammasi nimadanligini bilmadi-mu manimcha homilaligimda bo`lsa kerak,?manga maslahat bering iltimos ....
0
zilolaga
Muallif: mehmon, Yanvar 26, 2009
Bu odatdagi hol, biroz vaqtdan keyin holatingiz mutadillashadi
0
zilolaga maslahat
Muallif: sara, Fevral 05, 2009
AYOL KISHI HOMILA BOGANDA UNDA HAMMA NARSALAR UZGARADI BIR HIL AYOLDA SIZ KABI PRABLEMLAR YO AYOLLADA AKSINCHA SIZ HOZIR SHUNDAY HATOLLI ISHLAR QILIB QOYMAG AHIR U ERIZ BOLAJAK FARZADIGIZNI OTASI YAHSHISI OYIZI UYIDA BORIB TURIB KELIN TO SHU TAKSIKOZ KETIB QOLGUNCHA
0
savol
Muallif: vazira, Aprel 10, 2009
tuqqanimga 7 oy bo`ldi mesichnik kelmayapdi sababini bilishimga yordam bersangiz .Iltimos
0
Vaziraga
Muallif: Mufazzal, Aprel 10, 2009
Vaziraxon, bu hol farzandini emizyatgan ayollarda tez-tez uchrab turadi.
0
...
Muallif: mumina, Aprel 13, 2009
Assalomu alaykum!men homiladorligimda bola teskari kelganligi sababli juda kop UZIga tushirishgan, hammasi bolib 9 marta.song operasiya bilan qornimni yorib olishgan.bolamni tepa labi ozgina ochiq tugildi.buning sababi UZIga kop tushganlikdan bolishi mumkinmi?
0
...
Muallif: Mufazzal, Aprel 13, 2009
Muminaxon, mana bu linkda lab nuqsoni haqida ma'lumot berdik
http://www.ayol.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=184&Itemid=55
Cadereamida
Умидли дунё
Muallif: azizlarim098888hfbrehfrhf, Avgust 27, 2009
Ассалому Алайкум. Барчани Мукаддас Рамазон ойи билан табриклаган холда маслахат олмокчийдим. Биринчи хомилам нобуд булди. Орадан 8 ой вакт утди ора-орада хомиладорлик аломатлари сезилиб колади лекин хомиладормасм
°Ð½ шунга тушунмаяпман. Бу орада врачга хам бордик. Сиз айтган вагинал датчик оркали бачадонни текшириб хаммаси жойидалигини айтди. Ман хозир чет мамлакатда яшайман.Бу ерни докторлари узимизани гнекологларга ухшаб лечения хам килмас экан. лечения килинглар десам шарт эмас дейди, кунларни хисоблаб шу кунлари кушилинглар дейди. Лекин самараси йук. Манга маслахат беринг кандай иш тутишим керак.Жавобиз учун олдиндан рахмат
0
Maslahat kutib qolaman!
Muallif: DILNOZA, Oktyabr 28, 2009
ASALOMU ALAYKUM ISMIM DILNOZA BU SAYITI OQIB OZIMGA KOP YAXWI MASLAXATLAR OLDIM RAXMAT. KOP4ILI RARXIL SAVOLAR BILAN MUROJAT QILIWADI MENIYAM BIR ILTIMOSIB BOR. MEN XOMLADORLIK PAYTIMDA QORIN, OYQLARIM QI4IWGALIGI SABABLI QI4IGANMAN WU SABABLI XOZIR BADANIMDA IZLAR QOLGAN. ILTIMOS BUNI KETQIZIWI ILOJISI BORMI. QANDAY KREMI YOKI BOWQA USUL BILAN KETQIZSA BOLADIMI. MASLAXAT BERSANGIZ OLDINDA KOTTAKON RAXMAT.
0
...
Muallif: dilfuza79, Noyabr 04, 2009
ASSALOMU ALEYKUM! 1 YARIM YILDAN BUYON HOMILA BULISH NIYATIDA YURIBMAN LEKIN HECH QANDAE ALOMAT YUQ DUHTIRGA BORGANDIM HAMMASI JOYIDA DEYISHDI NIMA MASLAHAT BERASILA OLDINDAN KATTA RAHMAT MASLAHATLARIZI KUTIB QOLAMAN VA HAMMA AYOLLARGA SOGLIK TILIEMAN!!!
0
...
Muallif: Dilfuza, May 15, 2012
assalom alekum man yoshim 22 da turmushga chiqganman xar oyni 5 kunida xayz kelishi kerak edi ammo 5 may kuni kemadi va oradan 10 kun ottdi man keyin test qib ko'rdim 4 5 marta xomilamas digan javob oldim dugonam uzi qib ko'r didi man uziga bordim va ular xam xomiladormasiz deyishdi onam nimaga uziga bording bu zarar boriniyam yo'q qiladi didilar endi nima boo'ladi maslaxat bering uzidagilar 10 kundan keyin yana keling deyishdi maslaxat beriglar iltimos judayam xoxlavoman farzandlik bo'lishni
0
...
Muallif: sadoqat, Dekabr 01, 2012
assalomu aleykum yaqinda test qildirgandim test homiladorligimni ko'rsatdi. vrachga borganimda homila 6 haftalik UZI qildiringla homiladorlikka to'liq ishonch hosil qilish uchun dedi UZida bachadonda hech nima yo'q dedi. Bu nima degani bu bilan homilador emassiz demoqchi?

Fikr bildirish
kichikroq | kattaroq

security code
Yuqoridagi harflarni kiriting


busy