«Tadbirkor ayollarga imtiyoz bormi?»

«Tadbirkor ayollarga imtiyoz bormi?»

– Uch nafar farzandim bor. Kichigi endi bir yoshga to‘ladi. Men kabi yosh bolali tadbirkor ayollarga soliqdan qanday imtiyozlar bor? Shu haqida bilmoqchi edim.

Gulnoza Jumaqulova,Olmaliq shahri

Savolga Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati boshlig‘i Muzaffar YuSUF NAZAROV javob beradi:

— O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 180-moddasi 10 va 11-bandlariga asosan, ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar, shuningdek ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor va boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar daromad olingan har bir oy uchun eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan.

Soliq qonunchiligida ikki va undan ortiq bolalari bor tadbirkor ayollarga alohida soliq imtiyozlari belgilanmagan.

Manba: Darakсhi.uz

Bizni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/uzayol