Bilasizmi?

2016 yilda «aqlli aravacha»lar onalarga yordamga keladi

“Indiegogo saytida «Smartbe» — aqlli bolalar aravachasini ishlab chiqarish uchun mablag‘ to‘play boshlangani ma’lum qilindi,” deb yozadi InfoCOM.UZ jurnali. Ushbu loyiha robotexnika va elektronika ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Smartbe» kompaniyasi tomonidan ilgari surilgan.

Aqlli aravachani qo‘lda boshqarish yurish shart emas. Uni Android yoki iOS operatsion tizimidagi smartfon yoki aqlli soatlar bilan bog‘lab qo‘ysangiz, u yoningizda, siz bilan yonma-yon, sizning qadam tashlashingizga, yo‘nalishingizga muvofiq sayr qiladi.

Bolalar aravachasida kamera o‘rnatilgan bo‘lib, smartfon ekranidan bolani nazorat qilish mumkin, mikrofon esa bolalar aravachasi ichidagi ovozlarni eshitish imkonini beradi. Bundan tashqari, Smartbe yonida signal chiroqlari va boshqaruv pulti ham mavjud. Ishlab chiquvchilar bolalar aravachasida barcha funksiyalar motorlashtirilganligi, qo‘lda ham ishlatish mumkinligini ta’kidlaydilar, ya’ni bolalar aravachasi akkumulyatori ishdan chiqib qolmaydi. Uni bir marotaba to‘la quvvatlab, besh-olti soat foydalanish mumkin.

Bugungacha uni loyihalashtirish uchun 81 ming AQSh dollari mablag‘ to‘plangan.  Aravacha narxi xomashyo turidan kelib chiqib, 300 — 3000 AQSh dollarigacha bo‘lishi mumkin.