Ish

Ayollar muvaffaqiyatli karerasining 10 ta muhim qoidasi

Ayol kishi uchun karera qilish oson kechmasligi barchamizga ma’lum. Ko‘pchilik ayollarning fikricha, karera qilish uchun ular hamkasb erkaklarga qaraganda uch karra ko‘proq ishlashiga to‘g‘ri keladi.

Professional jihatdan o‘sish va xizmat pillapoyalarida yuqori cho‘qqilarni zabt etish uchun quyidagi yozilmagan qoidalar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

1. Asosiysi — natija

Birinchi qoida - eng oddiy, biroq eng samaralisi. Ko‘proq natijalarga erishing! Qanday tashkilot bo‘lmasin, uning rahbariyati uchun aniq ko‘rsatkichlar: loyihalarni amalga oshirish muddati, tuzilgan bitimlar soni, daromad kabilar muhim sanaladi. Shu sababdan astoydil harakat qilish professional jihatdan o‘sishni ta’minlaydi.

2. O‘z-o‘zini maqtash

Karera qilish uchun faqat yuqori natijalarning o‘zi kifoya qilmaydi. O‘z muvaffaqiyatlaringiz haqida so‘zlashni ham o‘rganing. Loyihani muddatidan avval yakunlagan bo‘lsangiz, bu haqda rahbaringiz va boshqa bo‘limlardagi hamkasblaringizga ma’lum qilishdan uyalmang. Sizni omadli va o‘z maqsadi sari intiluvchan hamkasb sifatida bilishsin.

3. Ish jadvali

Uchinchi qoida - kompaniyangiz ish jadvaliga rioya qiling. Ishga turli sabablarga ko‘ra har kuni 15 daqiqaga kechikish sizning ishdagi obro‘ingizga putur yetkazadi. Shunchaki ko‘p javob so‘ramaslikka harakat qiling, agar ilojsiz bo‘lsangiz sizning o‘rningizga ishlab berishi mumkin bo‘lgan kishini oldindan aniqlab oling.

4. Mening sevimli buvijonim yoki enagam

Farzandingizga qarab turishni ba’zan buvisi yoki enagasidan iltimos qilish mumkin.

5. Ish vaqtida - ish haqida

Beshinchi qoida - hamkasblaringizga shaxsiy muammolaringizdan shikoyat qilmang. Hech bo‘lmaganda, bunday shikoyatlar sonini qisqartiring. Ishga aloqasi bo‘lmagan, bog‘chadagi e’tiborsiz bog‘cha opasi yoki qaynona mavzusidagi suhbatlarni dugonangiz bilan ishdan tashqaridagi uchrashuv uchun saqlab qo‘ying.

6. Tanish-bilishlarning ko‘pligi

tanishlar

Oltinchi qoida - netvorking, ya’ni foydali aloqalarni yo‘lga qo‘yish bilan shug‘ullaning. Ishdan tashqarida, kasbga oid konferensiyalar, ko‘rgazmalarda ham do‘stlar orttiring. Qimmatli aloqalarga ega bo‘lgan mutaxassis, juda kamtar xodimdan ko‘ra ko‘proq qadrlanadi.

7. Idoradagi do‘stlik

Yettinchi qoida jamoada yaxshi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. Hech qachon bir o‘zingiz tamaddi qilmang. Idorada birgalikdagi tushlik do‘stona muloqot uchun ayni muddaodir. Hamkasblaringizning faqat yaxshi jihatlarini ko‘rishga harakat qiling. Ularga yordam berishga doim tayyor turing.

8. Shaxsiy narsalaringiz shaxsiyligicha qolsin

Amerikalik tadqiqotchilar ayollarga ish stolida ikkitadan ortiq surat qo‘ymaslikni tavsiya qiladi. Aks holda sizning xayolingiz ishda emasdek tasavvur uyg‘otish mumkin. Erkak xodimlarda esa aksincha, ish stolidagi oilaviy suratlar uning hamkasblari orasidagi obro‘sini oshiradi. Shu sababdan shaxsiy hayotingizni namoyish qilishga shoshilmang.

9. Dress-kod

To‘qqizinchi qoidaga amal qilish ham muhim sanaladi. Ofis dress-kodiga rioya qiling. Ishga hammaning e’tiborini jalb qiladigan yoki ochiq-sochiq liboslarni kiymang. Ish uchun mo‘ljallangan kostyum yoki o‘rtacha uzunlikdagi ko‘ylak ofis uchun yaxshi yechim bo‘la oladi.

10. Ishingizni yaxshi ko‘ring!

ish1

Va nihoyat asosiy qoida - karerangizda ildam ilgarilashingiz uchun ishingizni chin dildan yaxshi ko‘ring!

Ko‘proq muvaffaqiyatga erishish imkoniyatingizni boy bermang!

Maqolani tayyorlashda Superjob sayti ma’lumotlaridan foydalanildi.