Oshxona

Biskvit tayyorlayapsizmi?..

Biskvit oson tayyorlangani bilan biroz «qaysar»roq. Hatto mikserda tuxum oqini uzoqroq ko‘pirtirib yuborsangiz ham shishib chiqmay qoladi. Agar un solganingizdan so‘ng xamir suyuqroq chiqqandek tuyulsa, aslo un qo‘shib quyuqlashtirmang. Xamirga yarim choy qoshiq iste’mol sodasi aralashtiring-da, gaz pechiga qo‘ying. Soda yordamida suyuq biskvit xamiri keraklicha ko‘tariladi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi