Madaniyat

Feysbilding — yuz uchun fitness

Bugun zamonaviy xonimlar chiroyli va raso qaddi-qomatga ega bo‘lish uchun nimalar qilishmaydi, deysiz. Fitness, sheyping, yoga, aerobika mashg‘ulotlariga o‘zlarini urishadi, amerikacha, yaponcha, fransuzcha va yana allambalo parhyezlar haqidagi qo‘llanmalar, semirtirmaydigan taomlar retseptlarini esa har ikki ayoldan birining telefonida uchratish mumkin. Chiroyli qomat uchun har qanday jismoniy zo‘riqishga, kezi kelganda faqat sabzavot chaynashga ham tayyor ekanmiz bor gap. Ammo qomatni asrash yo‘lida o‘zimizni har qancha qiynashga tayyor tursak-da, yuz parvarishini ko‘pincha e’tiborsiz qoldiramiz. Yo‘qqimmatbaho kremlar, pardoz vositalari, turli organik niqoblar, kosmetologik muolajalarni kanda qilmaymiz, albatta. Ammo yuz terisi tarangligini uzoqroq muddat saqlab turish uchun bularning o‘zi kamlik qiladi. Qolaversa, yuqorida eslangan zormandalarning narxi ham ba’zan chindan «chaqib ketadi». Quyida botoks ukollari va qimmatbaho muolajalarsiz yuz tarangligini saqlashning juda qulay va oson usuli bilan bo‘lishmoqchimiz.

Qarshi oling, hamyonbop usul!

Bu nima o‘zi? Qisqa qilib aytganda, feysbilding yuz terisi salqishining oldini olish uchun maxsus mashg‘ulotlardir. Kun davomida ushbu muolajaga atigi 30 daqiqa vaqt sarflash orqali ajoyib natijalarga erishish mumkinligiga kafolat beramiz.

Baqbaqani yo‘qotish uchun

Iyagingizni mushtingiz bilan tirang (1-rasm). So‘ng og‘zingizni ochib, pastki jag‘ingizni iloji boricha pastroqqa, to jag‘ qismidatortilish sezmaguningizga qadar tushiring va shu holatda bir necha soniya turing (2-rasm). Shundan keyin tilingizni chiqarib, uni iyakka qadar cho‘zishga harakat qiling. Yuz mushaklari maksimal darajada tortilganini his qilganingizdan so‘ng shu holatni 2 soniya ushlab turing.

Muhim! Mashqni bajarayotganingizda keskin harakat qilmaslik va og‘riqlar bo‘lmasligi kerak.

Necha marta bajariladi? Uzluksiz 30 marta yoki har 10 mashqdan so‘ng qisqa tanaffus bilan bajarishingiz mumkin.

Yuz ovali va iyakni taranglashtirish, shaklga solish uchun

Ko‘rsatkich va bosh barmoqlaringizni yuz perimetriga olib keling (1-rasm). Yuz terisini yengil harakat bilan quloqqa qadar torting. Bosh barmoqlaringiz iyak ostida bir-biriga tegib turishi kerak. Og‘zingizni oching va bunda jag‘ingizning pastga harakatlanishiga bosh barmoqlaringiz qarshilik ko‘rsatishi lozim (2-rasm). Shu holatni bir necha soniya tutib turgach, og‘zingizni yuming.

Necha marta bajariladi? Uzluksiz 30 marta yoki har 10 mashqdan so‘ng qisqa tanaffus bilan bajarishingiz mumkin.

Eslatma: maksimal natijaga tezroq erishish uchun mashqlarni kuniga kamida ikki marta bajarish lozim.

Ko‘zlarning tashqi burchagidagi «g‘oz panjalari»ni yo‘qotish uchun

Nomsiz barmoqlar yoki jimjiloqlarni ko‘zlaringizning tashqi burchaklariga olib keling (1-rasm). Ko‘zlaringizni yuming (2-rasm) va barmoqlaringizning qovoq sathiga surilishiga yo‘l bering. Qovoq mushaklari harakatlanishiga to‘sqinlik qilmang. Shunday holatda bir necha soniya turgach, ko‘zlaringizni oching. Bu mashqni bajarishda barmoqlar ko‘z doirasimon muskulini yengil zo‘riqtiradi va kerakli natijaga tezroq yetishishni ta’minlaydi.

Necha marta bajariladi? Uzluksiz 30 marta yoki har 10 mashqdan so‘ng qisqa tanaffus bilan bajarishingiz mumkin.

Pastki qovoq shishishi va yuqorigi qovoq salqishining oldini olish uchun

O‘rta va ko‘rsatkich barmoqlar ko‘zlar burchaklariga olib boriladi (1-rasm). Pastki qovoqlarni go‘yo quyoshga qaragandek tirishtiring. Yuqorigi qovoqni yummagan holda pastki qovoqlarni bo‘sh qo‘ying. Mashqning keyingi qismi: boshlang‘ich holatga qayting va ko‘zlaringizni qattiq yuming (2-rasm). So‘ng ko‘zlaringiz yumuq holda qovoqlaringizni bo‘sh tuting.

Necha marta bajariladi? Mashqning har bir qismi 30 martadan takrorlanadi.

Burun terisini taranglashtirish uchun

Ko‘rsatkich barmoq burun uchi ostiga qo‘yiladi (suratdagi kabi). Burun bilan barmog‘ingizni itarishga harakat qiling. Shu holatda bir necha soniya turing.

Necha marta bajariladi? Uzluksiz 30 marta yoki har 10 mashqdan so‘ng qisqa tanaffus bilan bajarishingiz mumkin.

Limfodrenaj uqalash

Kaftning orqa tomoni bilan iyak ostini yengil shapatilab boshlang (rasmda ko‘rsatilgani kabi).

Necha marta bajariladi? Uzluksiz 30 marta yoki har 10 mashqdan so‘ng qisqa tanaffus bilan bajarishingiz mumkin.

Qoshlar orasidagi ajinlarga qarshi

O‘rta yoki nomsiz barmoqlarni qoshlar ustiga qo‘ying (suratga qarang). Qosh usti terisi harakatlanmasligi kerak. Teri qancha tarangroq tortilib tursa, mashq samaradorligi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Ana shu holatda sekin qovog‘ingizni uying. Bir nech soniya qattiq qovoq uygach, boshlang‘ich holatga qayting.

Necha marta bajariladi? Uzluksiz 30 marta yoki har 10 mashqdan so‘ng qisqa tanaffus bilan bajarishingiz mumkin.

Yonoqlar tarangligini saqlash va lablar hajmini oshirish uchun

Lablarni birlashtirib, lunj mushaklari bilan ularni tishlarga yaqinlashtirib torting (yumuq og‘iz bilan zo‘raki tabassum qilgan kabi). Ko‘rsatkich barmoqlar bilan lab uchlarini torting. Barmoqlar og‘iz chizig‘iga perpendikulyar joylashishi kerak (suratdagi kabi). Shu holatda bir necha soniya turib, boshlang‘ich holatga qayting.

Necha marta bajariladi? Uzluksiz 30 marta yoki har 10 mashqdan so‘ng qisqa tanaffus bilan bajarishingiz mumkin.

Eslatma: Mashqlarni bajarishda yuzterisini qattiq siqish, bosish mumkin emas

Muhim: mashqlarni ko‘zgu qarshisida bajarsangiz, yuzingida ajinlar paydo bo‘layotgan qismlarni nazorat qila olasiz.

GULNOZA tayyorladi

Manba: Darakchi.uz