Oshxona

Lavashdan pirog — iftorlikka tayyorlang!

Zarur masalliqlar: 3 dona lavash xamiri, 300-350 gr. go‘sht qiymasi, 150 ml. smetana, 100 gr. pishloq, 1 bosh piyoz, 1 ta pomidor, 1-2 dona tuxum, tuz, zaytun yog‘i, murch.

Tayyorlanishi: 1. Piyozni halqa shaklida to‘g‘rang. Qizdirilgan zaytun yog‘ida qovuring. Go‘sht qiymasini ham solib, tuz, murch seping-da, 10-12 daqiqa qovurishda davom eting.

2. Pomidorni qirg‘ichdan o‘tkazing. Qorvurilayotgan qiymaga qo‘shib, past olovda 5 daqiqa qoldiring. Keyin olovni o‘chiring.

3. Pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazing.

4. Go‘sht qiymasini uchga bo‘lib, lavash xamirlarini ichiga soling. Har biriga qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq soling. Keyin rulet shaklida o‘rang.

5. Pergament qog‘oz solingan aylana qolipga ruletlarni aylantirib (xuddi qasqonga xonim tergandek) joylashtiring.

6. Tuxumni smetanaga solib, ko‘pirtiring. Tuz seping-da, lavashlar ustidan soling. Yuziga pishloq qirindisini seping. Pirogni 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga yarim soatga qo‘ying. Pishgach, ko‘katlar bilan bezating.

Tayyorlanishi: 1 soat.

4 kishilik.

Manba: Darakchi.uz