Oshxona

Ochil dasturxon. “Qush uyasi” salati

E’tiboringizga havola etilayotgan ushbu salat juda tez fursatda tayyorlanadi. Uni boshqa taomlar bilan bir qatorda, yo‘l-yo‘lakay tayyorlash ham mumkin.

Kerakli mahsulotlar: 0,5 kilogramm tovuq go‘shti (suvda pishirib olinadi va sovutiladi) 5 dona tovuq tuxumi 3 dona bedana tuxumi (suvda pishirib olinadi) 0,5 kilogramm kartoshka 2 dona piyoz 2 dona bodring Ko‘kat Tuz Mayonez O‘simlik yog‘i

Tayyorlash jarayoni: Eng avvalo tovuq go‘shti mayda to‘rtbukchak shaklda to‘g‘rab olinadi. Mayda to‘g‘ralgan piyozni sirli idishga solib, ustidan qaynab turgan suv quyamiz. 10 daqiqadan so‘ng, suvni to‘kib tashlaymiz. Shunday qilsak, uning achchig‘i salatga chiqmaydi. So‘ng kartoshka artilib, mayda somoncha shaklida to‘g‘raladi va qizib turgan yog‘da qizartirib, qovurib olinadi. Bodring yuamda oqi sarig‘idan ajratib olingan tuxum alohida ravishda mayda somoncha shaklida to‘g‘raladi. Kattaroq idishga biroz kartoshka, bodring, go‘sht, tuxum oqi va piyoz solinib, aralashtiriladi. Ta’bga ko‘ra tuz, mayonez qo‘shiladi.

Tayyor massa ustiga qovurilgan kartoshka bir tekisda solib chiqiladi. Uning o‘rtasiga doira shaklida mayda to‘g‘ralgan ko‘kat sepiladi. Salatning ust qismi bezagi ko‘kat ustiga 3-4 dona bedana tuxumini qo‘yish bilan o‘z yakuniga yetadi.

Ma’lumot uchun, ushbu salatni tayyorlashda tovuq go‘shti o‘rniga mol go‘shti, bedana tuxumining o‘rniga esa tovuq tuxumidan foydalanish ham mumkin.

Manba: Qalampir.uz