Ona va bola

Ona va go‘dak: shunday o‘xshash va shunday farqli

Tashqi ko‘rinishidan go‘dak o‘z ota-onasiga o‘xshaydi. Birinchi nazarda uning ko‘zlari, burunchasi, qo‘l oyoqlari, tanasi xuddi ota-onasinikidek. Faqat kichraytirilgandek, lekin bu unday emas…

Bosh. Bosh tuzilishining g‘aroyib shakli – tug‘ilish jarayonidagi ezilishdandir. Ikki haftadan so‘ng bosh dumaloqlashadi. Go‘dakning bosh tepasida bilinar bilinmas puls urib turgan membranani, ya’ni katta liqildoqni kuzatish mumkin. Bu bosh miya suyagi hali yopilmaganini bildiradi. Uning jipslashishi taxminan bir yarim yoshlargacha davom etadi. Go‘dakning sochlari qalin, ammo juda mayin bo‘ladi, ba’zida esa bo‘lmaydi.

Ko‘zlar. Aksariyat go‘daklar ko‘zlarining rangi olti oyga borib o‘zgaradi. Qovoqlarda ozroq shish paydo bo‘lishi sabablari, tug‘ilish jarayonida boshning siqilishidir. Hamma go‘daklarda ko‘zlarning g‘ilaylashishi kuzatiladi, bu hol 1,5-3 oyda o‘tib ketadi. Yangi tug‘ilgan go‘daklar 20 sm. gacha bo‘lgan masofani ko‘ra oladi. Go‘daklarda ko‘z harakati va ko‘z yoshi reflekslari rivojlanmaganligi sababli, cho‘miltirish vositasi ko‘zga behosdan tushgan paytda, ko‘zni yoshlantirmaydigan bo‘lishi kerak.

Til. U og‘iz bo‘shlig‘ining pastki qismiga yopishganday, va uning uch qismi sal ikkilanganga (bo‘linganga) o‘xshaydi. Tilning uchi 1 yoshga kelib uzayadi (cho‘ziladi).

Qo‘llar va oyoqlar. Ko‘kimtirlik, qon aylanish sistemasi sustligi bilan tushuntiriladi. Go‘dak harakatlanganda, oyoq va panjalar pushti rang tusini oladi. Qo‘l panjalari musht holatda. Oyoqlar yoyilib, bo‘ksa va tizza atroflarida oz-moz bukilgan, buning sababi go‘dak ona qornida yig‘iq holatda bo‘lganligi. Tug‘ilganda aksariyat hollarda tirnoqlar uzun bo‘ladi. Ularni olib tashlash tavsiya etiladi.

Ko‘krak bezi. Tug‘ilgan go‘dakning birinchi kunlarida xoh qiz go‘dak, xoh o‘g‘il, ko‘kragida shish va sut paydo bo‘lishi mumkin. Bu holatdan xavotirlanish o‘rinli emas, chunki shish bir necha kundan keyin o‘tib ketadi.

Kindik yarasi. Kindik yarasi tug‘ilgandan so‘ng 3-5 kunlarda tushadi. Tug‘ruqxonadan chiqish paytida kindik yarasi qon qatlami bilan qoplanadi. Go‘dak gigiyenasida kindik yarasi parvarishi juda muhim o‘rin egallaydi. Kindik yarasining butunlay bitishi 12-14 kunlarga to‘g‘ri keladi.

Jinsiy a’zolar. Qizlarda ham, o‘g‘il bolalarda ham ular kattaroq tuyuladi. Qizlarda u qindan ajralish sodir bo‘ladi. Bular onaning gormonlari bilan chaqirilgan bo‘lib, tez orada yo‘qoladi. O‘g‘il bolalarning tuxumlari odatda qovuq pasti ichiga tortilgan bo‘ladi.

Teri. Yangi tug‘ilgan go‘dakning terisi yupqa va nozik bo‘ladi, va o‘ziga hos xususiyatlarga ega (ustki qatlami yupqa, qalin tomirlar tarmog‘i, rivojlanmagan yog‘ bezlari va boshqa), shu sababli uning tashqi ko‘rinishi katta yoshdagi odam terisining ko‘rinishidan juda farq qiladi. Go‘dak terisi yetilmaganligi, unda turli dog‘lar, sho‘ralashlar va boshqalar bilan xarakterlanadi.

Manba: Beka.Uz