Madaniyat

Ortiqcha vaznni tez yo‘qotishga yordam beruvchi 6 oziq-ovqat

Prevention jurnalining bosh muharriri va sog‘lom ovqatlanish haqidagi bir necha kitoblar muallifi Liz Vakeyriello ortiqcha vazn – noto‘g‘ri ovqatlanish natijasi deb hisoblaydi. Yaqinda nashr qilingan «parhezli dayjest»da u tez ozishga yordam beruvchi oziq-ovqatlar ro‘yxatini keltirib o‘tgan.

  1. Oqsillar

Oqsillar nafaqat teri, soch va tirnoqlar holatini yaxshilaydi, balki vazn yo‘qotishga ham yordam beradi. Baliq, oq go‘sht, tuxum va boshqa «proteinli» oziq-ovqatlar juda to‘yimli – statistikaga ko‘ra oqsil bilan parhez qiluvchi odamlarda ratsion o‘rtacha olganda 10% ga kamayishi aniqlangan.

  1. C vitamini

C vitamini shamollashni davolashda tengi yo‘qligi ko‘pchilikka ma’lum, lekin u ozishga ham yordam berishini hamma bilmasligi mumkin. Kanada olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda organizmda askorbin kislotasining yetishmasligi «zararli» yog‘larning yig‘ilib qolishiga olib kelishi aniqlandi.

  1. Asal

Asal antibakterial, virusga va mikrobga qarshi kurashish xususiyatlariga ega, shuningdek immunitetni mustahkamlashga, qondagi shakar miqdorini normallashtirishga va vaznni kamaytirishga ham yordam beradi.

             4. Kakao

Tadqiqotlar kakaoning terini ultrabinafsha nurlarining zararli ta’siridan himoya qilish, asab tizimini mustahkamlash, kayfiyatni ko‘tarish va tez to‘yishga yordam berish kabi bir necha xususiyatlarini aniqladi.

             5. Sirka

Ilmiy tadqiqotlar sirkaning glikemik natija deb ataluvchi – u iste’mol qilinganidan keyin qondagi shakar miqdorining me’yorida qolishi va tez to‘yishga yordam beruvchi xususiyatlarga ega ekanligini aniqladi.

             6. Kletchatka

Sabzi, pomidor va boshqa sabzavotlar, shuningdek ko‘katlar yaxshi hazm bo‘lmasa ham, kletchatkaga boy oziq-ovqatlar va juda to‘yimli hisoblanadi. Tushlik paytida olma sirkasi qo‘shilgan sabzavotli salat iste’mol qilsangiz, tez to‘yib qolasiz.

Manba: Daryo.uz