Madaniyat

Ozish borasida eng zarur 6 maslahat

Ozish haqidagi maslahatlar xuddi har kuni paydo bo‘ladigandek va siz ularning hammasini oldin eshitgandek bo‘lib tuyuladi. Va ularning hech biri sizni istalgan maqsad tomon bir qadam ham yaqinlashtirgan emas.

Balki, yaxshisi haqiqatan ham muvaffaqiyatli vazn yo‘qotganlardan maslahat so‘rash kerakdir? Biz sizlarni ularning olimlar tomonidan tasdiqlangan hiylalari va rejalari bilan tanishtiramiz.

1. Havasni keltiradigan yeguliklardan qutuling. Chipsli paketlar, konfetlar o‘rami, mazali pishiriqlar… o‘zini yeyishga majbur qiladigan hamma yeguliklardan uzoqroq yuring. Zararli va havasni keltiradigan oziq-ovqatlarni foydalilar bilan almashtiring.

2. Oshxonani yig‘ishtiring. Olimlarning aniqlashicha, oshxonadagi tartibsizlik bizni ko‘p ovqat yeyishga majbur qilar ekan.

3. Javobgarlikni zimmangizga oling. «Kaloriya kundaligi» yuriting va hamma yeganlaringizni — hatto sizning injiq do‘mboqchangiz yeyishga majbur qilgan bir qoshiq bolalar ovqatigacha yozib boring. Amerikadagi profilaktik tibbiyot jurnalida chop etilgan tadqiqotlarga ko‘ra, bunday kundalik yuritish sizning ozishdagi muvaffaqiyatingizni ikki baravar oshirar ekan.

4. Atrofingizga muxlislar to‘plang. Ijtimoiy tarmoqlar sizga ma’naviy madad va motivatsiya uchun guruh yig‘ishi mumkin. Kristina Donatellaga Facebook’dagi shunday «muxlislar» guruhi 82 kg ozishga yordam berdi.

5. Porsiyalar haqidagi tushunchangizni qayta ko‘rib chiqing. Ko‘pchilik ozuvchilar qancha yeyayotganiga to‘g‘ri baho bera olmaydi. Zamonaviy dasturlar aslida porsiya qanday bo‘lishiga aniqlik kiritishga yordam beradi. Masalan, mashhur MyFitnessPal ilovasi uy bekasi Kristal Sandersni nafaqat to‘g‘ri porsiyalarga, balki to‘g‘ri ovqatlanishga ham o‘rgatdi. Shu tufayli u 41 kg ozdi.

Bir kunda uch marta yeng. Garchi bizga har doim 3 martaning o‘rniga 5—6 marta kam-kamdan ovqatlanish haqida ko‘p aytilsa ham, bu uslub ozuvchilarga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Tez-tez ovqatlanish sizning kaloriya yig‘ishingiz xavfini oshiradi.

Manba: Daryo.uz