Bilasizmi?

Siz kechira olasizmi?

Gina, jahl, xafalikni unutib, kimnidir kechira olish katta jasorat! Kimdir esa xotiralariga yopishib olsa, yana kimdir osongina kechirib ketadi. Siz-chi, tez kechira olasizmi? Qalbingizda gina saqlamaysizmi? Ushbu ruhiy test sizning nechog‘li kechirimli ekanligingizni aniqlab beradi.

Javoblarga beriladigan ballar: a) - 4 ball, b) - 3 ball, v)  2 ball, g) - 1 ball.

1. Kimdir oyog‘ingizni bosib olsa nima qilasiz? a) uzr so‘rasa kechiraman, b) nariroq surilaman, v) tanbeh beraman, g) javobiga uning ham oyog‘ini bosaman.

2. Sevimli insoningiz sizni tashlab ketib, so‘ng to‘yiga taklifnoma yuborsa nima deb javob berasiz? a) unga baxt tilayman, b) xo‘rsinib qo‘yaman, v) uning bu ishini surbetlik deb qabul qilaman, g) menga azob berish uchun atayin qildi, deb jaxl qilaman.

3. Bir paytlar hayotingizni zaxarlagan sobiq sinfdoshingiz siz rahbarlik qilayotgan korxonaga ishga kirmoqchi. Siz qanday yo‘l tutasiz? a) ochiqchasiga ustidan kulaman, b) o‘tgan ishga salovat, deb yordam beraman, v) uni tabassum bilan kutib olaman, g) birinchi suhbatdayoq yiqitishga harakat qilaman.

4. Besh yildan buyon ko‘risholmagan qadrdoningizni uchratib qoldingiz... a) "besh yil bir pasda o‘tib ketibdi-ya!", b) eng muhimi uchrashuv, v) ko‘rinmay ketgani bilan qiziqaman, g) "eski munosabatlarni kavlab nima qilaman?"

5. Turmush o‘rtog‘ingiz sizga kelgan maktubni ochib o‘qidi, siz nima deysiz? a) "mabodo cho‘ntaklarimniyam ochib bermayinmi?", b) "bu shunchaki xat, lekin...", v) "bu menga kelgan maktub edi-ku", g) "bundan keyin qanday qilib sizga ishonaman?"

6. Ishsiz akangiz xarajatlaringizdan jaxli chiqyapti... a) "u menga xasad qilyapti", b) unga rahmim keladi, v) muloyimlik bilan tushuntiraman, g) portlab ketaman.

7. Siz uchun kechirishda eng qiyini - bu... a) birovga jaxl qilmaslik, b) birovning taqdirini hal qilish, v) hayotning yangi varag‘ini ochish, g) birovning aybini kechirish.

8. Sizni azoblagan inson kechirim so‘rasa... a) jaxlim chiqadi, b) rahmim keladi, v) tushunaman, g) g‘azab otiga minaman.

9. Sizni doimo urishgan, jaxldor va kezi kelganda ustingizdan kulgan muallimingiz kutilmaganda baxtsiz xodisaga uchradi... a) "xaqiqat bor ekan!", b) rahmim keladi, v) "undan hali beri qutulib bo‘lmaydi", g) "jazosini olibdi!".

10. Ashaddiy dushmaningizga aytmoqchi bo‘lgan gaplaringiz: a) "sendan nafratlanaman!", b) "bir kun kelib yaxshi insonga aylanishinga ishonaman", v) "menga boshqa yomonlik qila olmaysan", g) "o‘zingga qaytsin!". Natija:

10-17 ball. Sizni xafa qilganlarni kechira olmaysiz. Qalbingizda gina saqlanadi. Har safar u xaqida eshitganingizda g‘azablanaverasiz. G‘azabni yengishni o‘rgansangiz, asabiylikdan qutulasiz.

18-24 ball. Sizni xafa qilishsa, avvaliga azob chekasiz, keyin o‘sha odamga baqirib, ginalarni unutasiz. Eng muhimi, siz ginachi emassiz. Harakatlaringizga mulohazalikni qo‘shangiz yanada yaxshiroq bo‘lar edi.

25-31 ball. Kechirish siz uchun oson. O‘ch olishni o‘ylamaysiz ham. Bu albatta yaxshi, lekin bo‘yningizni juda ham egib yubormang. Aks holda obro‘yingizni yo‘qotib qo‘yasiz.

32-40 ball. Tashqi ko‘rinishingizdan birovni kechirgandek bo‘lasiz-u, qalbingizda alam, gina-kudrat baribir saqlanib qoladi. Hamma sizni olijanob deb o‘ylaydi. Aslida esa, unchalik "oppoq" emassiz. Xar qanday vaziyatda ham tilyog‘lamalik qilmay, tilingiz va dilingizni bir qilsangiz xaqiqiy obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lasiz.

Manba: Beka.Uz