Bilasizmi?

“Titanik”, “Olimpik” va “Britanik” kemalari halokatidan omon chiqqan ayol

Vayolett Konstans Jessol ismli ayol uchta eng mashhur okean laynerlari — “Olimpik”, “Titanik” va “Britanik”da ishlashga muvaffaq bo‘lgan, deb yozadi “Pomada”. Ularning barchasi halokatga uchragan, biroq Vayolett omon qolgan.

Bolalagida sil kasalini boshidan kechirgan, yoshgina chog‘ida otasidan ajralgan, onasi esta xasta bo‘lib qolgan Vayolett maktabni bitirishga ulgurmay, ish qidirishga majbur bo‘ladi. U onasi kabi styuardessa bo‘lishga qaror qiladi va White Star Line kompaniyasi kemalarida ishlay boshlaydi.

ExzmUvA7X6k3jJLBJw2qppdCz0LPGJ-680x483

1910-yilda 23 yoshli Vayolett ulkan “Olimpik” layneriga ishga kiradi, bir yil o‘tar-o‘tmas, u “Xouk” kreyseri bilan to‘qnashib ketadi. Halokat natijasida qurbonlar bo‘lmadi, biroq layner jiddiy zarar ko‘radi.

[caption id="attachment_11779" align="aligncenter" width="680"]“Olimpik” va “Xouk” to‘qnashuvdan so‘ng. Foto: “Pomada” “Olimpik” va “Xouk” to‘qnashuvdan so‘ng. Foto: “Pomada”[/caption]

Ta’mir ishlaridan so‘ng qiz “Olimpik”da faoliyatini davom ettiradi. Bu vaqtda yangi layner ham qurib bitkaziladi va Vayolettga unga ishga o‘tishni taklif qilishadi. Shunday qilib, qiz “Titanik”ning birinchi va so‘nggi reysida jo‘naydi. 1912-yil 14-apreldan 15-aprelga o‘tar kechasi layner aysberg bilan to‘qnashib ketadi, kemadagi 2224 kishidan 711 nafarinigina qutqarishga muvaffaq bo‘lishadi, ular orasida Vayolett ham bor edi. Halokatdan so‘ng u “Karpatiya” kemasi orqali quruqlikka yetkaziladi.

[caption id="attachment_11780" align="aligncenter" width="680"]“Titanik”ning cho‘kishi. Foto: “Pomada” “Titanik”ning cho‘kishi. Foto: “Pomada”[/caption]

Birinchi jahon urushi chog‘ida Vayolett Britaniyaning Qizil Xoch tashkilotida hamshira bo‘lib ishlaydi. Hamshira sifatida u “Britanik” gospital kemasida safarga otlanadi. 1916-yil noyabrida kema mina portlashi natijasida halokatga uchraydi, evakuatsiya chog‘ida qayiqlardan ikkitasini cho‘kayotgan kemaning vintlari tortib ketadi, ulardan birida Vayolett ham bor edi, biroq u mo‘jiza tufayli omon qoladi.

[caption id="attachment_11781" align="aligncenter" width="680"]“Britanik” kemasi. Foto: “Pomada” “Britanik” kemasi. Foto: “Pomada”[/caption]

Vayolett uzoq umr kechirdi va 83 yoshida yurak kasalligidan vafot etdi. 42 yil davomida u yo‘lovchi laynerlarida ishladi, ikki marta dunyo bo‘ylab sayohat qildi.