Bilasizmi?

Tuzning siz bilmagan 5 siri

1. Sochlaringizdan «qor» yog‘ayotgan bo‘lsa, qo‘lingizni namlab, oddiy osh tuziga botiring-da, bosh terisini massaj qiling. So‘ng oddiy suv bilan chaying.

2. 1 osh qoshiq tuzga 2 osh qoshiq iste’mol sodasini qo‘shing. 1 choy qoshiq suv solib, aralashma bilan tishlaringizni tozalang. Shunda ular oqaradi. Faqat har kuni bu usulni qo‘llash zarar. Shu sabab haftada bir martagina aralashmadan foydalanish mumkin.

3. Agar boshog‘riqdan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz va qo‘l ostingizda dori topilmasa, 1 stakan qaynab sovitilgan suvga 1 choy qoshiq tuz qo‘shib, iching. 15 daqiqadayoq ta’sirini sezasiz.

4. Kumush qoshiqlar, idishlarni tuzli suvda ivitib qo‘ying-da, keyin toza suvda chayib oling. Shunda yaltirab turadi.

5. 1 stakan zaytun yog‘ini 2 osh qoshiq tuz bilan aralashtirib, oyoqlaringizga surting. 15 daqiqadan so‘ng iliq suvda yuving. Shunda oyoqlaringiz yumshoq bo‘lib, undagi yoriqlardan xalos bo‘lasiz.

Manba: Darakchi.uz