Madaniyat

Undirilgan bug‘doy ortiqcha santimetrdan himoyalaydi

Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish orzusida yurgan xonimlar oqsil va kletchatka qanchalar muhim ekanligini yaxshi bilishadi. Shuning uchun aynan bahorgi ozish marafonini boshlashga ahd qilganlar uchun undirilgan bug‘doy oltinga teng yegulikdir.

Qolaversa, u ich kelishini yaxshilab, qabziyat va qorin dam bo‘lishidan asraydi. Undirilgan bug‘doyni turli salatlarga qo‘shib, tanovul qilish tavsiya etiladi.

Agar bug‘doyni uyda undirishga qaror qilgan bo‘lsangiz, nishining uzunligi 1 sm.dan oshmasligiga e’tibor qarating. Chunki don o‘zidagi bor foydali elemantlarni shu nishga berib yuborishi mumkin.

Undirilgan bug‘doyni go‘shtqiymalagichdan o‘tkazganingizda sharbati ajraladi. Ana shu sharbat oshqozon xastaliklari, qandli diabet hamda soch to‘kilishiga davo hisoblanadi.

Go‘zalligimiz uchun: undirilgan bug‘doy sharbatidan tonik sifatida foydalanish terini taranglashtirib, rangini tiniqlashtiradi. Bejizga uni yoshlik va go‘zallik eliksiri deb atashmaydi-da.

Manba: Darakchi.uz