Ayol.uz

Yapon ayollarining 40 yoshda ham 20 yashar ko‘rinishi siri nimada?

Yaponlar uzoq umr ko‘rish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi, ushbu millat vakillari o‘rtacha 83 yoshgacha yashaydi. Bundan tashqari, yaponlar necha yoshda bo‘lishidan qat’i nazar qanday qilib hamisha yosh ko‘rinishi ko‘pchilik uchun qiziq hisoblanadi. Quyida e’tiboringizga yapon ayollari yosh ko‘rinishining 7 sababini havola etamiz.

Sabzavot va yormalar yapon taomlarining asosini tashkil etadi
Yapon ayol va qizlarining qomati kelishganining sababi ularning ovqatlanish ratsioni bilan bog‘liq. Taomnomasiga nazar tashlansa, sabzavot, meva va dukkakli, dengiz mahsulotlari xususan, baliq, guruch o‘rin olganiga guvoh bo‘lish mumkin. Eng asosiysi, yapon oshxonasiga mansub taomlarga tuz va murch qo‘shilmaydi, uning o‘rniga soya va o‘simlik yog‘idan tayyorlangan ziravorlar ishlatiladi.

Bolalikdan to‘g‘ri ovqatlanishga e’tibor qaratiladi
Yaponlar farzandlariga yoshligidan tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni iste’mol qilish kerakligini uqtiradi. Bundan tashqari, bir kunda bola qancha miqdorda nima iste’mol qilishi kerakligi asosida taom tayyorlanadi.
Yapon ayollari yuz terisini quyosh nuridan saqlaydi
Yilning istalgan faslida yapon qiz va ayollari ultrabinafsha quyosh nuridan nozik va sezuvchan terisini saqlashga harakat qiladi. Hech bir yapon ayoli ko‘chaga quyosh nuridan himoyalovchi krem surtmasdan chiqmaydi.

Terini parvarishi yaponlar uchun odatiy hol
Yapon falsafasiga ko‘ra odam tanasi vaqtinchalikka berilgan bo‘lib, uni asrash va avaylash kerak. Shunga amal qilgan holda ayollar teriga alohida mehr ko‘rsatadi, yotishdan avval tungi, yuzni oziqlantiruvchi niqoblarni qilishni kanda qilmaydi. Shuningdek yapon ayollari kosmetikasi orasida siz turli losyon, maska va kremlarni uchratmaysiz. Bir-biriga reaksiya bermasligi va teriga zarar yetkazmasligi uchun muayyan mahsulotlardan foydalaniladi.
Yapon ayollari estetik protseduralardan oqilona foydalanadi
Massaj yapon go‘zallik salonlarida eng talabgir protsedura hisoblanadi. Piling, inyeksiya va plastik jarrohlik amaliyotlariga yaponlar salbiy qaraydi. Ularning fikricha, bu kabi protseduralar odam organizmi uchun zararli va agressiv ta’sir ko‘rsatadi, vaqtinchalik go‘zal ko‘ringan tana qismi biroz muddatdan keyin eski holidan ham battar ko‘rinishga kelishi mumkin. Uning o‘rniga tabiiy mahsulotlardan foydalanish, jismoniy tarbiya va toza havoda aylanish, to‘g‘ri ovqatlanish kerak, deydi yaponlar.


Gulhayo Raxmonova tayyorladi.