Oshxona

Bananli keks

Zarur masalliqlar: 200 grammdan un va shakar, 100 gr. mak, 120 ml. o‘simlik yog‘i, 80 ml. qatiq, 2 donadan banan va tuxum, 1 o‘ram vanilin, 1 choy qoshiq iste’mol sodasi, yarim choy qoshiq tuz, yong‘oq, qand upasi.

Tayyorlanishi: 1. Bananni maydalab to‘g‘rab, sanchqi bilan ezing.

2. Bananga qatiq, o‘simlik yog‘i, vanilin, ko‘pirtirilgan tuxum, shakar va yong‘oq solib aralashtiring.

3. Un, iste’mol sodasi va tuzni aralashtirib, bananli masalliqqa qo‘shing.

4. Uzunchoq shakldagi qolipga xamirni solib, 170 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo‘ying. Pishgach, yuziga qand upasi seping.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat.

6 kishilik.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi