Oshxona

Guruchli piroglar

Zarur masalliqlar: 2 st. suv, 1 st. o‘simlik yog‘i, 5-6 st. un, yarim choy qoshiq tuz va iste’mol sodasi. Ichiga solish uchun: bitta piyoz, yarim kg. mol go‘shti qiymasi, yarim st. guruch, 2 ta qaynatilgan tuxum, yarim choy qoshiqdan zira, murch, osh tuzi. Ustiga bir dona tuxum sarig‘i, sedana urug‘i.

Tayyorlash: 1). Sirli idishga suv, o‘simlik yog‘i, tuz va iste’mol sodasini solib, olovga qo‘ying. Qaynab chiqqach, olovdan olib, oz-ozdan un qo‘shib, xamir qoring.

2). 1 osh qoshiq sariyog‘ solingan tovada mayda to‘g‘ralgan piyozni qizartirib qovuring. Keyin go‘sht qiymasini solib, 10-15 daqiqa aralashtirib turing.

3). Tozalangan guruchni qovurilayotgan masalliqqa solib, ustidan yarim st. qaynagan suv qo‘shing. So‘ng ziravorlarni solib, 15-20 daqiqa dimlang. Tayyor bo‘lgach, to‘rtburchakto‘g‘ralgan tuxumdan qo‘shing.

4). Tingan xamirni yong‘oqday zuvalachalarga ajratib, o‘rtacha qalinlikda yoying. O‘rtasiga “nachinka”dan solib, chetlarini birlashtiring-da, dumaloq shakl bering. Tayyor pishiriqning ustiga tuxum sarig‘ini surtib, sedana urug‘idan seping va qizdirilgan gaz pechida 30-35 daqiqa pishirib oling.

Tayyorlash vaqti: 40 daqiqa.

Manba: Darakchi.uz