Madaniyat

Kiyimda ranglar uyg‘unligi

Kiyim-kechaklarni o‘zaro moslashtirib kiyishda ularning ranglarini ham inobatga olish zarur. Maqolada mukammal obraz yaratish uchun oddiy ranglar kombinatsiyalarini keltirib o‘tamiz.

Qizil

1

1

Qizil va qora uyg‘unligi haqiqiy klassika hisoblanadi. Shunday buyumlar tanlangki, ranglar yirik rang bloklaridan iborat bo‘lsin. Masalan, qora rangli shim va sviterni qizil palto bilan kiyish mumkin.

Och ranglar (pastel)

2 copy

2

Och tusli ranglarni o‘zaro uyg‘unlashtirish mumkin. Butun dunyoga taniqli Pantone instituti 2016-yil ranglari deb e’lon qilgan ranglarning ikkalasi ham och tusdadir, bular — pushti chaqmoqtosh va och lavanda.

Oq

3 copy

3

Oq qolgan barcha ranglar bilan uyg‘unlasha oladi. U ko‘k, qizil va qora bilan ayniqsa mos tushadi. Casual (oddiy kundalik) yoki ishbilarmonlarga xos obrazlar uchun oq rangni sarg‘ish-kulrang yoki jigarrang bilan uyg‘unlashtirish mumkin.

Denim

4 copy (1)

4

Jinsi kiyimlarni o‘zaro uyg‘unlashtirib kiyish mumkin, biroq bunda yagona qoidaga rioya qilish zarur: kiyimlar tusi bir xil bo‘lib qolmasin. Masalan, ochroq rangli jinsi ko‘ylakni to‘q rangli jinsi shim bilan moslashtirish mumkin.

Dengiz uslubi

5 copy

5

Koko Shanel o‘tgan yilning 30-yillarida boshlab bergan to‘q ko‘k yo‘l-yo‘l chiziq hozirgacha eng zamonaviy printlardan biri hisoblanadi. Dengiz mavzusiga xos ranglar sirasiga ko‘k, oq, qora va qizil kiradi. Qiyofangizga nafislik bag‘ishlash uchun esa, dizaynerlar tilla aksessuarlardan foydalanishni tavsiya etadi.

Xantal rangi

7 copy

6

Xantal rangi jigarrang, shokolad rangi, yog‘och rang, och jigarrang, sariq bilan g‘oyat mos tushadi. Klassik obraz yaratish uchun, uni oq va qora bilan ham uyg‘unlashtirish mumkin. Xantal rangini pushti bilan mujassamlashtirganda esa nafis va latif obraz yuzaga keladi.