Madaniyat

Terini qanday qilib ovqatlar yordamida yaxshilash mumkin?

Ma’lumki, bizning yashash tarzimiz terimizda aks etadi. Yog‘li ovqat va ichkilik epidermis qatlamini vaqtdan ham ko‘ra shafqatsizroq ravishda qaritishga qodir.

Biz teri bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab muammolarni parhezni tuzatish yordamida bartaraf qilish mumkinligini ishonch bilan tasdiqlaymiz.

Yallig‘lanish jarayoni va ovqat

Guldek yashnayotgan teriga qarshi eng katta jinoyat organizmda yallig‘lanuvchi jarayonni keltirib chiqaruvchi oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Ular orasidagi eng yaqqol misollar — sutli oziq-ovqatlar, un mahsulotlari va shakar. Ulardan butunlay voz kechishga urinib ko‘ring — ikki hafta davomida qilingan bunday parhez sizning teringiz holatida ajoyib tarzda aks etishga qodir.

Haqiqiy shokolad

Yuqori sifatli shokolad sizning quruq va charchagan teringiz uchun malham rolini o‘z zimmasiga olishi mumkin. Lekin bu faqat tarkibida kakao miqdori maksimal darajada bo‘lgan haqiqiy shokoladlargagina tegishli. Bunday mahsulot akne va teri bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa muammolarga qarshi kurashishda yordam bera oladi.

Yaxshi probiotiklar

Probiotiklar — tarkibida hazm qilishga yordam beruvchi fermentlar bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari. Probiotiklarning juda ko‘p turlari mavjud va ularning ichidan o‘zingizdagi ferment holatiga mos keladigan navini tanlashingiz lozim bo‘ladi. Buni tuzlangan karamdan boshlashingiz mumkin — uning tarkibida nafaqat katta miqdordagi faol fermentlar, balki antioksidant va C vitaminining salmoqli dozasi ham mavjud.

Oziq-ovqatlardan niqoblar

Yogurt yoki sabzavotlardan qilingan niqob terini oziqlantirish xususiyatiga ega. Bunday niqoblar terini silliq va tarang qiladi, ajinlarni kamaytiradi va teriga sog‘lom ko‘rinish beradi. Niqoblar uchun sabzavotlar ham, sutli oziq-ovqatlar ham, va hatto bo‘tqalar ham mos keladi.

Detoks-qo‘shimchalar

Okeaniya qabilalarini o‘rganish tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, qadimda tub aholi yegulik sifatida pista ko‘mir iste’mol qilgan. Tabiiy absorbent ularga hazm qilish muammolarini bartaraf qilishda va salomatlikni saqlashda yordam bergan. Bu usul bugungi kunda ham o‘z aktualligini yo‘qotmagan — aktivlashtirilgan ko‘mirning me’yoriy miqdori me’dadagi chirituvchi jarayonlardan qutqaradi.

Manba: Daryo.uz