Bilasizmi?

Tish pastasidan yana qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?

Tish pastasi faqat tishni tozalashda emas, balki ro‘zg‘orning boshqa yumushlarida bekalarga yaqindan yordam berishi mumkinligini ko‘pchilik bilmasa kerak. Undan samarali foydalanishning yuzdan ortiq turi mavjud. Quyida ular ichida eng samarali turlari keltiriladi.

Yoqimsiz hidlardan xalos bo‘lamiz

  • Piyoz, sarimsoq va baliq tozalagandan keyin qo‘lga “yopishib” qolgan yoqimsiz xidni bartaraf etish uchun, qo‘llaringizga bir daqiqa tish pastasini surtib, keyin sovuq suv bilan yuvib tashlang.
  • Xuddi shunday: barcha yoqimsiz hidli oshxona anjomlariga ham bir daqiqa tish pastasini surtib qo‘yib, keyin sovuq suv yordamida yuving.

Dog‘larga qarshi

  • Idish-tovoqlarni yog‘ va qurumdan tozalash uchun, 5-10 daqiqa tish pastasi surtib qo‘yib, keyin idish tovoq yuvadigan gubka bilan iliq suv yordamida yuvish tavsiya etiladi.
  • Tish pastasi shuningdek, kumushdan yasalgan idishlarni tozalashda eng samarali vosita hisoblanadi.
  • Qoshiq, sanchiqi va pichoq kabi oshxona anjomlaringiz har doim yaltirab turishini istasangiz, goh-gohida ularni tish pastasi bilan yuvib turing.
  • Tish pastasidan oq krassovkalarni dog‘lardan tozalash va tirnalgan joylarini berkitishda ham foydalanish mumkin.
  • Ozgina (faqat oqartiruvchi xususiyatga ega bo‘lmagan) tish pastasini suv bilan aralashtirib, yangi idish-tovoq gubkasi yoki toza mato bilan ko‘pirtiring. Hosil bo‘lgan ko‘pikni bir necha daqiqaga kiyimga o‘rnashib qolgan dog‘ ustiga qo‘yib qo‘ying. Tish pastasi qahva, meva va yog‘ dog‘larini bir zumda yo‘qotadi.

Go‘zallik va salomatlikda

  • Tirnoqlarni oqartirib, yanada mustahkam qilmoqchi bo‘lsangiz, 7-10 kun davomida har kuni kechqurun tirnoqlaringizga tish pastasi surting. Bunday niqob 2-3 daqiqa ushlanib, keyin iliq suv yordamida yaxshilab yuvib tashlanishi kerak.
  • Agar siz tuproq bilan ishlasangiz, unda tish pastasi sizga eng yaxshi tozalovchi vosita bo‘lishi mumkin. Buning uchun oz miqdordagi pastani cho‘tkaga surtib, qo‘lingiz va tirnoqlaringizni suv tagida ishqalang.
  • Oyoq barmoqlaridagi qadoq ustiga yupqa qilib tish pastasini surting va to‘liq quriganidan keyin qo‘rqmasdan poyabzal kiying. Tish pastasi qadoqni zararlantirib, sizni og‘riqdan xalos etadi.
  • Chivin chaqqan joyga tish pastasi surtsangiz, qichishishdan qutulasiz.
  • Tish pastasi mayda husnbuzarlar va hattoki, gepresni yo‘qota oladigan eng samarali vositadir.                                                                                                                                         Manba: Beka.uz