Madaniyat

To‘ladan kelgan gavdaga mos kiyim tanlash

Har bir ayol gavdasidan qat’i nazar, did bilan kiyinishni istaydi. To‘ladan kelgan ayollar ham bemalol so‘nggi urf bo‘yicha kiyinishi mumkin, bunda ba’zi qoidalarga rioya qilish kifoya.

O‘z o‘lchamingizdagi kiyim-kechakni sotib oling

Keng kiyimlar semizlikni yashirmaydi, aksincha gavdani yanada to‘laroq qilib ko‘rsatadi. Shuningdek, tor kiyim kiyib, qomatingizdagi har bir kamchilikka ham urg‘u bermang. Libos sizning yaxshi tomonlaringizni ko‘rsatishi va qomatingizga mos tushishi kerak.

Ko‘ylak va V shaklidagi yoqalarni tanlang

скачанные файлы

Ko‘ylaklar qomatni uzun qilib ko‘rsatadi, shuningdek, latofat bag‘ishlaydi. Ularning yoqasi V shaklida bo‘lsa, u ham bo‘yinni uzaytirib ko‘rsatadi.

Qora rang bilan cheklanib qolmang

скачанные файлы (1)

To‘g‘ri, qora rang kishini ozg‘inroq qilib ko‘rsatadi. Biroq nuqul qora rangda kiyinish ham yaramaydi. Ko‘k, yashil, och jigarrang, to‘q qizil qoraga yaxshi muqobil bo‘la oladi. Shuni yodda tutingki, yirik naqshli, eniga keng chiziqli yoki bo‘yiga yorqin chiziqli kiyimlarni kiyish sizga tavsiya qilinmaydi. Qomatingizga o‘rtacha hajmdagi tasvirlar tushirilgan liboslar to‘g‘ri keladi.

Yirik-yirik aksessuarlarni tanlang

To‘la ayollarga yirik bezak va aksessuarlar taqish maslahat beriladi. Sumkangiz qanchalik kichik bo‘lsa, qo‘llaringiz shunchalik katta ko‘rinadi. Shuningdek,  barmoqlaringizga kichik uzuklardan ko‘ra, katta toshli uzuklar yarashadi.