Madaniyat

Tos suyagi keng ayollarga kiyim tanlashda maslahatlar

Ko‘pchilik ayollar qomatidagi qandaydir kamchilik bekitmoqchi bo‘ladi. Qizlarni ko‘pincha tos suyagining ortiqcha kattaligi xavotirga soladi. Biroq, xafa bo‘lish o‘rniga, tos suyagini torroq qilib ko‘rsatishda yordam beradigan ba’zi usullardan foydalanish mumkin.

Urg‘uni to‘g‘ri qo‘ying

скачанные файлы

Sizning vazifangiz — qomatingizni uyg‘un holatga keltirib, keng tos suyagini bekitishdir. Buning uchun gavdaning yuqori qismiga ko‘proq urg‘u berib, och, yorqin rangdagi va turli shakllar tushirilgan kiyimlarni kiying. Ularni to‘q va bir xil tusli yubka yoki shim bilan moslashtirishingiz mumkin.

To‘g‘ri tushib turuvchi shimlar

скачанные файлы (1)

Shim tanlashda u to‘g‘ri tushib turishiga e’tibor bering. Hozir urfda bo‘lgan tor shimlar keng tos suyagini yaqqol ko‘rsatib qo‘yadi. Shuningdek, och rangdagi shim ham gavdaning pastki qismiga e’tiborni qaratadi, shu tufayli to‘q ranglisini tanlang. Beli balandda joylashgan shim oyoqni uzun, tos suyagini tor qilib ko‘rsatadi.

A shaklidagi ko‘ylak va beli baland yubkalar

скачанные файлы (2)

Bel qismi torayib, pastki qismi kengayib ketgan A shaklidagi ko‘ylaklar keng tos suyagini yashirishda eng qulayidir. Bunda ko‘ylakning yuqori qismida bezaklar va qiziqarli detallar bo‘lishiga e’tibor bering. Shuningdek, beli baland yubkalar ham ushbu kamchilikni bekitish bilan birga, belni xipcha qilib ko‘rsatadi.

Poshnali poyabzal

Yanada sarvqomat ko‘rinish uchun poshnali oyoq kiyim kiyishni unutmang. Hatto pastgina poshna ham yelkalarni kerib, gavdani tik tutishga va chiroyli qadam tashlashga undaydi. Shuningdek, poshnali poyabzal bo‘yni ham baland ko‘rsatadi.

Maqolani tayyorlashda “Lady.mail.ru” sayti ma’lumotlaridan foydalanildi.