Oshxona

Xushbo‘y keks pishiramiz

Bu mazali va xushbo‘y keksni tayyorlash haddan tashqari oson — bor-yo‘g‘i bir necha tadbirlarni amalga oshirasiz va juda yumshoq, xushbo‘y keks tayyor bo‘ladi!

Asosiy masalliqlar

  • 200 g un
  • bir chimdim tuz
  • 150 g shakar
  • 10 g vanilli shakar
  • 100 g o‘simlik yog‘i
  • 3 ta tuxum
  • 1 osh qoshiq yumshatgich
  • 3 osh qoshiq mayiz
  • 100 ml apelsin sharbati
  • 1 choy qoshiq laym sedrasi

Duxovkani oldindan 170–180°C gacha qizdirishga qo‘ying. Bir idishda shakar, tuxum va vanilli shakarni yaxshilab ko‘pirtiring. Keyin yog‘ni, yangi siqilgan apelsin sharbatini qo‘shing va yana bir marta ko‘pirguncha yaxshilab aralashtiring. Unni yumshatgich va tuz bilan birga elang. Aralashmaning ustiga unni qo‘shing va yana bir marta mikser yordamida yaxshilab aralashtiring.

Mayizni bir osh qoshiq un bilan aralashtiring, xamir ichiga qo‘shing va yaxshilab aralashtiring. Diametri 26 sm bo‘lgan formaga pishirish uchun maxsus qog‘oz to‘shaymiz va xamirni uning ustiga to‘kamiz. Keksni 45–55 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishish jarayoni oxirlashganda keksning tayyor bo‘lganini yog‘och cho‘p yordamida aniqlaymiz. Agar keks tayyor bo‘lgan bo‘lsa, unga botirilgan cho‘p quruq bo‘ladi.

Tayyor bo‘lgan keksni formadan olamiz, qog‘ozni olib tashlaymiz va panjara ustida to‘liq sovitamiz.

Endi esa xushbo‘y keksni bemalol dasturxonga tortishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Manba: Daryo.uz