Oshxona

Yong‘oq va mayizli maffin

Yong‘oq va mayiz ushbu mayin maffinning foydalilik darajasini oshiradi.

Zarur masalliqlar:

  • 220 g un
  • 100 g margarin
  • 200 g shakar
  • 1 choy qoshiq razrixlitel
  • 130 ml sut
  • 2 ta tuxum
  • 100 g yong‘oq
  • 100 g mayiz

Tayyorlanishi:

Margarinni biroz eritamiz va unga shakarning yarmini qo‘shib aralashtiramiz.

Tuxumlarni bitta-bitta chaqib solamiz. Shakarning qolganini qo‘shamiz.

Sutni solamiz va yana aralashtiramiz.

Unni razrixlitel bilan aralashtirib, so‘ng suyuq aralashmaga solamiz. Aralashtiramiz.

Xamirga yong‘oq va mayizni qo‘shamiz.

Formani yog‘lab, xamirni solib chiqamiz.

180 darajagacha qizdirilgan duxovkada 25—30 daqiqa davomida pishiramiz.

Maffin tayyor. Yoqimli ishtaha!

Manba: Daryo.uz